Qor va yomğir yoğadi: 24-noyabr uçun ob-havo prognozi

24-noyabr kuni Özbekistonning bir qator hududlarida yomğir yoğişi, ayrim joylarda tuman va çang-tözonlar kuzatilişi mumkin. Respublikaning toğli hududlarida esa yomğir va qor yoğişi kutilmoqda. Bu haqda Özgidromet ma’lum qildi.
Toşkent şahrida yomğir yoğişi mumkin
Toşkent şahrida havo özgaruvçan böladi, yomğir yoğişi mumkin. Şamol ğarbdan yönalişini özgartirib, şarqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Ayrim paytlarda 10–12 m/s gaça kuçayib, çang-tözon bilan kuzatilişi mumkin.
Harorat keçasi 11–13 daraja, kunduzi esa 15–17 daraja iliq böladi.
Toşkent va Sirdaryoda yomğir kutiladi
Toşkent va Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida yomğir yoğadi, tuman tuşişi mumkin.
Şamol tezligi 7–12 m/s, ayrim joylarda 13–18 m/s gaça kuçayadi. Çang-tözon kuzatilişi ehtimoli ham bor. Harorat keçasi 9–14 daraja, kunduzi 15–20 daraja iliq böladi.
Samarqand va Jizzaxda ertalab yomğir
Samarqand va Jizzax viloyatlarida keçasi va ertalab ayrim joylarda yomğir yoğişi mumkin. Kunduzi yoğingarçilik kutilmaydi.
Ba’zi joylarda tuman tuşadi. Şamol 13–18 m/s gaça kuçayib, ayrim hududlarda çang-tözonlar kuzatilişi mumkin. Harorat keçasi 8–13 daraja, kunduzi 15–20 daraja iliq böladi.
Buxoro va Navoiyda 20 darajagaça iliq
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham keçasi va ertalab ayrim joylarda yomğir yoğişi mumkin, kunduzi esa yoğingarçilik kutilmaydi.
Harorat keçasi 7–12 daraja, kunduzi 15–20 daraja iliq böladi. Çöl hududlarda esa keçasi 3–8 daraja, kunduzi 10–15 daraja iliq bölişi kutilmoqda.
Qaşqadaryo va Surxondaryoda yoğingarçilik kutilmaydi
Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 24-noyabr kuni yoğingarçilik kutilmaydi.
Şamol şarqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi 9–14 daraja, kunduzi 17–22 daraja iliq böladi.
Farğona vodiysida yomğir va tuman
Andijon, Namangan va Farğona viloyatlarining ayrim joylarida yomğir yoğişi va tuman tuşişi mumkin. Harorat keçasi 3–8 daraja, kunduzi esa 13–18 daraja iliq böladi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat keçasi 0–5 daraja, kunduzi 10–15 daraja iliq böladi.
Ba’zi joylarda tuman tuşadi. Şamol ayrim hududlarda 13–18 m/s gaça kuçayib, çang-tözonlarga sabab bölişi mumkin.
Toğlarda qor yoğadi
Respublikaning toğli hududlarida vaqti-vaqti bilan yoğingarçilik – yomğir va qor kuzatiladi.
Ba’zi joylarda tuman tuşişi mumkin. Şamol ayrim hududlarda 15–20 m/s gaça kuçayadi. Harorat keçasi 3–8 daraja, kunduzi 10–15 daraja iliq böladi.
Avvalroq «Kursiv» 23-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatilişi haqida yozgan edi.