
Javohir Sindarov va amaldagi jahon çempioni Gukeş Dommaraju örtasidagi jahon toji uçun bahs oldidan taniqli grossmeysterlar öz prognozlarini bildirdi. Magnus Karlsen va Fabiano Karuana Sindarovga ustunlik bermoqda, Vişvanatan Anand va Rameşbabu Praggnanandhaa esa ikki şaxmatçining imkoniyatlarini deyarli teng deb hisoblaydi. Bu haqda chess.com sayti ma’lum qildi.
Karlsen: Sindarov ança universal şaxmatçi

Beş karra jahon çempioni Magnus Karlsen Sindarovni bahsning yaqqol favoritlaridan biri deb hisoblaydi.
«Hozirgi vaziyatda Sindarovdan boşqa nomni aytiş qiyin».
Norvegiyalik grossmeyster ikki şaxmatçining öyin uslubidagi farqqa ham e’tibor qaratgan.
«Gukeşning şaxmatni tuşunişida juda yaqqol kamçiliklar bor. Sindarovda esa bunday kamçiliklarni körmayman. U ança universal şaxmatçi».
Karlsenning fikriça, Gukeş ayrim pozitsiyalarni haddan taşqari optimistik baholaydi va natijada keragidan köproq tavakkal qiladi.
«Menimça, köpçilikka sir emas — u öz pozitsiyalarini haddan taşqari optimistik baholaydi. Şu sabab ba’zan kerakligidan köproq tavakkal qiladi».
Karuana: Sindarov favorit, ammo oson bahs bölmaydi

2018-yilda jahon çempionligi uçun Magnus Karlsenga qarşi öynagan Fabiano Karuana ham Sindarov tomonida.
«Men Javohirni tanlaşim kerak. Albatta, Nomzodlar turniridagi bunday natija va uning hozirgi formasidan keyin», – degan Karuana.
Biroq amerikalik grossmeyster bu Sindarov uçun oson bahs bölişini anglatmasligini ta’kidlagan.
«Köpçilik uning imkoniyatlarini juda yuqori baholayapti, çunki hozir u ajoyib formada. Gukeş murakkab davrni ötkazmoqda, ammo baribir men bahs juda keskin keçadi, deb öylayman».
Anand: birinçi ğalaba prognozlardan muhimroq

Beş karra jahon çempioni Vişvanatan Anand ikki şaxmatçining imkoniyatlarini deyarli teng deb hisoblaydi.
«Men buni deyarli 50:50 deb köraman. Hozirgi forma bir xil emas, ammo ularning umumiy kuçi bir-biriga juda yaqin».
Anandning fikriça, bahs boşlanişidan oldingi prognozlardan köra birinçi natijali partiya muhimroq.
«Kim birinçi ğalabani qölga kiritişi va kim raqibiga bosim ötkaza olişi bizga foizli prognozlardan köra köproq narsani aytib beradi».
U Sindarovning Nomzodlar turniridagi tayyorgarligini ham alohida ta’kidlagan.
«Javohir bir neçta raqibini oçilişdayoq jiddiy muammoga duçor qildi. U hatto qölga kiritganidan ham yaxşiroq natija körsatişi mumkin edi».
Praggnanandhaa: bitta partiya hammasini özgartirişi mumkin

Hindistonlik grossmeyster Rameşbabu Praggnanandhaa ham imkoniyatlarni 50:50 deb baholagan. U Gukeşning sönggi natijalari unça yaxşi bölmaganini tan oladi. Biroq şaxmatda ba’zan bitta muvaffaqiyatli partiyaning özi işonçni qaytariş va butun turnir dinamikasini özgartiriş uçun yetarli bölişini ta’kidlagan.
Praggnanandhaa Gukeş foydasiga yana bir omilni körsatadi – jahon çempionligi matçidagi tajriba. Gukeş 2024-yilda Ding Lirenga qarşi çempionlik matçini ötkazgan, Sindarov esa bunday formatda ilk bor öynaydi.
Uning fikriça, matçning dastlabki partiyalaridagi bosimni oldindan töliq his qilişning imkoni yöq. Buni şaxmatçi faqat çempionlik matçining özida boşdan keçiradi.
Vaşye-Lagrav va Firuzja ham 50:50 dedi

Fransiyalik grossmeysterlar Maksim Vaşye-Lagrav va Alireza Firuzja ham ikki şaxmatçining imkoniyatlarini teng deb baholagan.
Şu tariqa kuçli grossmeysterlar orasida umumiy fikr bir xil emas: bir qismi Sindarovni hozirgi forma va reyting tufayli favorit deb bilsa, boşqalari Gukeşning jahon çempionligi matçidagi tajribasi va bunday bahslarning öziga xosligini asosiy omil deb körmoqda.
Matç 24-noyabr kuni boşlanadi
Eslatib ötamiz, birinçi klassik partiya joriy yil 24-noyabr kuni Toşkent vaqti bilan soat 19:00 da boşlanadi. Sindarov birinçi partiyada oq donalarda öynaydi. Matç 14 tagaça klassik partiyadan iborat.
Har ikki şaxmatçi 20 yoşda bölib, bu jahon çempionati tarixidagi eng yoş çempionlik matçi hisoblanadi. Musobaqa Şveysariyaning Jeneva şahri yaqinidagi Koloni hududidagi Fondation Martin Bodmer majmuasida ötkaziladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Sindarov va Gukeş örtasidagi jahon çempionati formati, taqvimi va iştirokçilar haqida batafsil ma’lumot bergan edi.