Toşkent avtobuslarida yölkirani tölamaganlardan 3,6 mlrd sömdan ortiq jarima undirildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
1 – 22-noyabr kunlari 449 mln 893 ming 78,5 söm
Foto: Transport vazirligi

Toşkent şahrida avtobuslarda yöl haqini tölamaslik bilan boğliq qoidabuzarliklar böyiça 1 – 22-noyabr kunlari qariyb 450 mln söm jarima undirilgan. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

22-noyabr holatiga köra, yil boşidan buyon undirilgan jarimalarning umumiy miqdori esa 3 mlrd 661 mlndan oşgan.

Noyabr oyining dastlabki 22 kunida poytaxt avtobuslarida yöl haqini tölaş qoidalariga rioya etilişi yuzasidan ötkazilgan nazorat tadbirlari davomida 19 460 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan. Bu kuniga örtaça 884 ta qoidabuzarlik aniqlanganini anglatadi.

Yil boşidan buyon rasmiylaştirilgan bayonnomalar soni 158 237 taga yetgan.

Eng köp bayonnoma qaysi yönalişlarda tuzilgan

18 – 21-noyabr kunlari 8, 11, 14, 28, 93, 116 va 131-sonli avtobus yönalişlarida qariyb 450 ming yölovçi taşilgan. Bu ötgan haftaning mos davridagiga nisbatan 5 780 nafarga yoki 1,3 foizga köp.

Şu tört kun davomida mazkur yönalişlarda 1 230 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan. Ayrim yönalişlarda yölovçilar oqimi ham oşgan. Jumladan, 11-yönalişda yölovçilar soni 11,2 foizga, 28-yönalişda 5,4 foizga, 8-yönalişda 3,5 foizga va 14-yönalişda 1,7 foizga köpaygan.

Rasmiy ma’lumotlarda uşbu mablağlar aynan yöl haqi tuşumi emas, qoidabuzarliklar uçun undirilgan jarimalar ekani qayd etilgan.

Avvalroq Toşkentda avtobuslarda yöl haqi tölovini nazorat qiliş kuçaytirilgandi.

Shuningdek