Uy-joy subsidiyasiga arizalar qabuli boşlanmoqda — kimlar olişi mumkin

Özbekistonda ipoteka kreditlari böyiça subsidiya oliş uçun arizalar 2026-yil 25-noyabr kuni soat 10:00 dan qabul qilina boşlaydi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qildi.
Kimlar subsidiya olişi mumkin
Subsidiya oliş uçun ariza beruvçi ijtimoiy mezonlar asosidagi baholaşda kamida 30 ball töplaşi kerak. Şuningdek, uning kredit tarixi dasturda iştirok etuvçi kamida bitta tijorat bankining içki talablariga mos bölişi lozim.
Ariza beruvçi va uning turmuş örtoği nomida Özbekistonning heç bir hududida turar joy bölmasligi kerak. Örtaça oylik daromad ham belgilangan ijtimoiy mezonlarga mos kelişi talab etiladi. Arizalar foydalanilmay qolgan subsidiya xabarnomalari hisobidan qabul qilinadi.
Arizani qanday topşiriş mumkin
Fuqarolar Davlat xizmatlari markazlari, MyGov mobil ilovasi yoki my.gov.uz portali orqali ariza topşirişi mumkin.
Ariza beriş vaqtida OneID tizimida dasturda iştirok etuvçi banklarga kredit tarixini tekşiriş uçun şaxsiy ma’lumotlardan foydalanişga ruxsat berilgan bölişi kerak. Kredit tarixini olişga çeklov qöyilgan bölsa, ariza rad etilişi mumkin.
Dasturda 15 ta tijorat banki, jumladan «Agrobank», «Aloqabank», «Asakabank», «Hamkorbank», «Ipotekabank» OTP Group, «Özmilliybank» va «Özsanoatqurilişbank» iştirok etadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan ipoteka subsidiyasi uçun arizalar 27-iyuldan qabul qilina boşlangani haqida xabar bergan edi.