89 ta ombor: IIV kömir tarqatiş jarayonini nazoratga oldi

eʼlon qilindi
Xonadonlarning kömirga ehtiyoji örganilmoqda
Foto: xtrekx /www.depositphotos.com

Özbekistonda kuz-qiş mavsumida aholiga kömirni öz vaqtida yetkazib beriş, talon-taroj va noqonuniy savdoning oldini oliş maqsadida Içki işlar vazirligi (IIV) tomonidan nazorat kuçaytirildi. Kömirni ishlab çiqarişdan tortib, xonadonlarga yetkazib berişgaça bölgan barça jarayonlar maxsus işçi guruh tomonidan kuzatib borilmoqda.

IIV ma’lumotlariga köra, nazorat tadbirlariga içki işlar organlarining 546 nafar, harbiylaştirilgan qöriqlaş bölinmalarining esa 160 nafar rahbar va xodimlari jalb etilgan. Temiryöl uçastkalari böylab 230 ta patrullik yönalişi taşkil etilib, ularga maxsus avtomaşinalar ajratilgan.

Şuningdek, hududlardagi 89 ta kömir omboriga içki işlar organlari xodimlari biriktirilgan. Ular kömirning öz vaqtida yetkazilişi, saqlanişi va aholiga tarqatilişini nazorat qilmoqda. Vazirlikka köra, bu çoralar kömir taqçilligining oldini oliş va narxlar barqarorligini saqlaşga qaratilgan.

Xonadonlarning kömirga ehtiyoji örganilmoqda

Hududlarda profilaktika inspektorlari mahalliy «yettilik» bilan birgalikda aholining kuz-qiş mavsumiga tayyorgarligini örganmoqda. Xususan, ular xonadonlarga borib, kömir va suyultirilgan gaz bilan ta’minotda muammolar mavjudligini aniqlamoqda. Tabiiy gaz yetkazilmagan oilalarni kömir bilan ta’minlaşga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Nazorat tadbirlari davomida fuqarolarga isitish moslamalaridan xavfsiz foydalaniş, yonğin xavfsizligi qoidalariga rioya etiş va is gazidan zaharlanişning oldini oliş böyiça tuşuntirişlar berilmoqda. IIV kuz-qiş mavsumida kömir tarqatişdagi qonunbuzarliklar va talon-taroj holatlarining oldini olişga qaratilgan nazorat işlari davom ettirilişini ma’lum qildi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Raqobat qömitasi aholiga va budjet taşkilotlariga yetkazib berilayotgan kömir narxlarining asosli ekanini tekşirişi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek