
Şaxmat böyiça amaldagi jahon çempioni, hindistonlik Gukeş Dommaraju özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarovga qarşi jahon çempionligi bahsining birinçi partiyasi haqida fikr bildirdi. U ikkala şaxmatçi ham yuqori saviyada öyin körsatganini ta’kidladi, deya xabar berdi Hindustan Times.
Gukeş Dommaraju Sindarov bilan durang yakunlangan uçraşuvni yuqori baholadi.
«Fikrimça, bu haqiqatan ham juda yuqori saviyadagi partiya böldi. Vaziyat butun öyin davomida teng körindi. Odatdagidek, ayrim kiçik muammolarga yeçim topişga töğri keldi. Ammo öylaymanki, ikkalamiz ham juda yaxşi öynadik», – dedi Gukeş.
Şveysariyaning Jeneva şahrida ötayotgan jahon çempionligi maçining dastlabki partiyasi durang bilan yakunlandi. Şu tariqa birinçi öyindan söng umumiy hisob 0,5:0,5 körinişini oldi.
Sindarov va Gukeş tarixiy rekord örnatdi
Sindarov va Gukeş örtasidagi bahs klassik şaxmat tarixidagi eng yoş jahon çempionligi bahsi sifatida tarixga kirdi. Bahs boşlangan vaqtda har ikkala grossmeyster ham 20 yoşda edi.
Özbekistonlik Javohir Sindarov amaldagi jahon çempioni Gukeş Dommarajuga qarşi şaxmat toji uçun kuraşni davom ettirmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Javohir Sindarov va amaldagi jahon çempioni Gukeş Dommaraju örtasidagi jahon toji uçun bahs oldidan taniqli grossmeysterlar öz prognozlarini bildirgandi.