Mirziyoyev Trampga özbek ayvonlarini sovğa qildi

AQŞ prezidenti Donald Tramp Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevga Vaşingtonga sovğa qilingan özbek ayvonlari uçun minnatdorlik bildirdi. U bu haqda Truth Social’dagi sahifasida yozdi.
Ayvonlar AQŞ mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan sovğa qilingan va Vaşingtondagi West Potomac Park hududiga örnatilgan. AQŞ Milliy boğlar xizmatiga köra, ular Özbekiston va AQŞ örtasidagi döstlik hamda madaniy aloqalarni ifodalovçi ramziy inşoot sifatida joylaştirilgan.
Tramp ayvonlarni vertolyotdan kördi
Trampning yozişiça, u ötgan hafta ayvonlarga bağişlangan marosim vaqtida Marine One prezident vertolyotida hudud ustidan uçib ötgan.
Marosimda Özbekistonning AQŞdagi elçisi Furqat Sidiqov va AQŞ içki işlar vaziri Doug Burgum ham qatnaşgan.
Tramp ayvonlarning körinişini yuqori baholab, ular «ajoyib körinayotganini» ta’kidladi.
Ayvonlar 200 yillik yonğoq daraxtidan yasalgan
AQŞ prezidenti öz postida ayvonlarni Özbekistondan kelgan usta hunarmandlar bir neça oy davomida qurganini qayd etdi.
Milliy boğlar xizmati ma’lumotiga köra, har bir ayvon 200 yillik toğ yonğoği yoğoçidan yasalgan. Ularning ustunlari va tom qismi murakkab öymakorlik va arabesk naqşlar bilan bezatilgan. Energiya tejamkor LED yoritiş tizimi esa keçki payt yoğoç naqşlarni yoritib turadi.
Tramp ayvonlarni jamoatçilikka topşirganini aytdi
Tramp sovğani şaxsiy foydalanişda saqlab qoliş örniga, jamoatçilik foydalanişi uçun qoldirişni istaganini yozdi.
Ayvonlar Tidal Basin yaqinida joylaşgan bölib, u yerdan Jefferson memoriali va Vaşington Monument körinadi. AQŞ prezidenti kelajakda bu joy nikoh takliflari, diplomatik qabullar, bahorgi sakura festivali paytidagi fotosessiyalar va kundalik sayrlar uçun ommabop maskanga aylanişini kutayotganini bildirdi.
Tramp, şuningdek, ayvonlarni örnatiş jarayonida hamkorlik qilgan Özbekistonning Vaşingtondagi elçixonasi va AQŞ Milliy boğlar xizmatiga minnatdorlik bildirdi.
Milliy boğlar xizmati ayvonlar AQŞ mustaqilligining 250 yilligi hamda Özbekiston mustaqilligining 35 yilligini nişonlaş ramzi ekanini qayd etgan.
Avvalroq «Kursiv» Eron AQŞdan $290 mlrd tovon undirmoqçiligi haqida yozgan edi.