Noqonuniy Umra safarlari taşkil etilgan ikki holat aniqlandi

Davlat xavfsizlik xizmati va içki işlar organlari Toşkent viloyati hamda Samarqand şahrida fuqarolarni tegişli ruxsatsiz Umra ziyoratiga yuborişga uringan sayyohlik firmalari rahbarlarini aniqladi.
Qonunçilikka köra, Umra ziyoratini taşkil etiş belgilangan tartib va talablar asosida, tegişli ruxsatga ega taşkilotlar tomonidan amalga oşirilişi kerak.
Bekobodda $3450 olayotgan vaqtida uşlandi
DXXning Toşkent viloyati böyiça boşqarmasi hamda viloyat Içki işlar boşqarmasi xodimlari Bekobod şahrida faoliyat yurituvçi sayyohlik firmasi rahbarining noqonuniy harakatlariga çek qöydi.
Ma’lum qilinişiça, firma rahbari «Umra» safarini taşkil etiş huquqiga ega bölmaganiga qaramay, uç nafar fuqaroni Saudiya Arabistoniga yuboriş evaziga $3450 olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Hozirda unga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Samarqandda tört fuqarodan $6000 olingan
Yana bir holat Samarqand şahrida aniqlangan. Tegişli litsenziyaga ega bölmagan sayyohlik firmasi rahbari tört nafar fuqaroning işonçiga kirib, ularni «Umra» ziyoratiga yuboriş evaziga $6000 olgan vaqtida DXX va IIB xodimlari tomonidan uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan hozirda tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq «Kursiv» Samarqandda litsenziyasiz Umra xizmatini taklif qilgan firma rahbari uşlangani haqida yozgan edi.