Özbekistonda 320 mingta iş örni yaratiladi

Özbekistonda hududlarda umumiy qiymati 81 trillion sömlik mingta loyihani amalga oşiriş orqali 320 mingta yangi iş örni yaratiş rejalaştirilmoqda. Şuningdek, 2030-yilgaça örta sinf uluşini 90 foizga yetkaziş maqsad qilingan. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyevga tadbirkorlikni rivojlantiriş va aholi bandligini ta’minlaş böyiça taqdim etilgan axborotda ma’lum qilindi.
11 million kişi kambağallikdan çiqarildi
Taqdimotda qayd etilişiça, 2017-yildan buyon 11 million nafar aholi kambağallikdan çiqarilgan. Biroq mikro, kiçik va örta biznes iqtisodiyotda band aholining 75 foizini qamrab olganiga qaramay, yalpi içki mahsulotning 55 foizini şakllantirmoqda. Mikrokorxonalarning yirikroq biznes toifasiga ötiş uluşi esa atigi 4 foizni taşkil etadi.
Yangi rejaga köra, tadbirkorlar biznesni boşlaşdan tortib, uni kengaytiriş va eksport bozorlariga olib çiqişgaça qöllab-quvvatlanadi. Buning uçun kredit, kafolat, lizing, faktoring va vençur moliyalaştiriş imkoniyatlari kengaytiriladi. Hududlarda biznes-inkubatorlar, tumanlarda esa tadbirkorlikka kömaklaşiş markazlari taşkil etiladi.
Şuningdek, tadbirkorlarga bitta ariza orqali bir neçta bankdan kredit takliflarini oliş imkoniyati yaratilişi rejalaştirilgan.
2030-yilgaça mikro, kiçik va örta biznesning aholi bandligidagi uluşini 80 foizga, örta sinf uluşini 90 foizga yetkaziş közda tutilgan. Korxonalarning yirikroq biznes toifasiga ötiş sur’atlari ikki barobar oşirilişi ham maqsad qilingan.
Bundan taşqari, tadbirkorlik kreditlarida kafolat va kafillik asosida beriladigan kreditlar uluşi 1 foizdan 12 foizga, xalqaro moliya institutlari va bozordan jalb qilinadigan qarzlar uluşi esa 17 foizdan 35 foizga yetkazilişi rejalaştirilmoqda.
Prezident mutasaddilarga islohotlarning yangi bosqiçida vazirlik va idoralarning vazifalarini aniq belgilaş böyiça topşiriq berdi.
Avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevga Vaşingtonga sovğa qilingan özbek ayvonlari uçun minnatdorlik bildirgandi.