«Turonbank»ning oddiy aksiyalari qariyb 6 foizga arzonlaşdi

«Turonbank» boşqaruvi raisi Çori Mirzayev qölga olingani haqidagi xabarlar ortidan bankning oddiy aksiyalari ikki savdo kuni içida qariyb 6 foizga arzonlaşdi. Imtiyozli aksiyalar esa duşanba kungi pasayişdan söng avvalgi qiymatini tikladi. Bu haqda «Toşkent» respublika fond birjasi ma’lumotlarida keltirilgan.
«Turonbank» aksiyalari narxi qanday özgardi
20-noyabr, juma kungi savdolar yakunida bankning bitta oddiy aksiyasi narxi 1 581 sömni taşkil etgan edi. Duşanba kuni aksiyalar 2,7 foizga arzonlaşib, 1 538 sömga tuşdi. Seşanba kuni esa ularning narxi yana 3,3 foizga pasayib, 1 487,01 sömni taşkil qildi.
24-noyabr kungi savdolar davomida aksiyalar narxi 1 456 sömgaça tuşdi. Şu tariqa ikki savdo kuni içida bankning oddiy aksiyalari öz qiymatining qariyb 6 foizini yöqotdi.
Ayni paytda savdo faolligi ham oşdi. Juma kuni oddiy aksiyalar bilan tuzilgan bitimlar hajmi 397,6 ming sömni taşkil etgan bölsa, duşanba kuni bu körsatkiç 2,46 mln sömga, seşanba kuni esa 3,37 mln sömga yetdi.
Bankning imtiyozli aksiyalarida esa özgaça holat kuzatildi. Duşanba kuni ularning narxi 6,2 foizga arzonlaşib, 4 410 sömga tuşdi. Biroq seşanba kuni aksiyalar 8,4 foizga qimmatlaşib, 4 779 sömga yetdi. Bu juma kungi narxdan 1,7 foizga yuqori.
Savdo faolligi oşganiga qaramay, bank aksiyalari bilan tuzilayotgan bitimlar hajmi nisbatаn kiçikligiça qolmoqda. Şu bois investorlarning yuzaga kelgan vaziyatga munosabatini töliq baholaş qiyin.
«Turonbank»da nima bölmoqda
20-noyabr kuni Kun.uz öz manbasiga tayanib, Mirzayev Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xodimlari tomonidan qölga olingani haqida xabar bergan edi. Naşr ma’lumotlariga köra, bank boşqaruvi raisi yirik miqdordagi pul mablağlarini özlaştirişda gumon qilinmoqda.
Mirzayev 2016-yil 23-sentabrdan buyon, ya’ni ön yildan ortiq vaqt davomida bankka rahbarlik qilib kelmoqda. Jinoyatda gumon qiliniş şaxsning aybdorligini anglatmaydi. Uning aybdor yoki aybsizligini sud belgilaydi.
22-noyabr kuni «Turonbank» rasmiy bayonot bilan çiqib, bank öz faoliyatini belgilangan tartibda davom ettirayotganini ma’lum qildi.
«Bankning omonatçilar, mijozlar, investorlar va hamkorlar oldidagi majburiyatlari öz kuçida qoladi», – deyiladi bank matbuot xizmati bayonotida.
Biroq bank boşqaruvi raisi qölga olingani haqidagi xabarlarni na tasdiqladi, na rad etdi.
Öşa kuni bank kuzatuv kengaşi ham alohida bayonot bilan çiqdi. Unda yaqinda yangi tarkibda şakllantirilgan kuzatuv kengaşi yuzaga kelgan vaziyatni örganayotgani, uning bank faoliyatiga ehtimoliy ta’sirini baholayotgani hamda bank boşqaruvining uzluksizligini ta’minlaş böyiça zarur çoralarni körayotgani bildirildi.
«Bankning moliyaviy barqarorligini ta’minlaş, boşqaruv uzluksizligini saqlaş va risklarni samarali boşqariş Kuzatuv kengaşining asosiy ustuvor yönalişlari bölib qolmoqda», – deyiladi bayonotda.
Şuningdek, kuzatuv kengaşi yuzaga kelgan vaziyatni xolis baholayotgani va öz vakolatlari doirasida tegişli organlar bilan hamkorlik qilayotganini ma’lum qildi.