Uy sotib olişdan oldin quriliş hujjatlarini onlayn tekşiriş mumkin

eʼlon qilindi
Quriliş ruxsatnomalarini yuklab oliş mumkin
Ijodkorlarga uy-joy imtiyozi: boshlang‘ich badalning 50 foizi budjetdan qoplanadi
Foto: BM

Özbekistonda uy-joy sotib olmoqçi bölgan fuqarolar endilikda quriliş obyektlarining ruxsatnomalari va boşqa hujjatlarini my.gov.uz portali orqali tekşirişi mumkin. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida bu borada yangi xizmat işga tuşirildi.

Uşbu xizmat orqali qurilişi davom etayotgan yoki yakunlangan obyektlar töğrisidagi oçiq ma’lumotlar bilan masofadan tanişiş mumkin.

Xizmat köp qavatli turar-joylar, yakka tartibdagi uylar, madaniyat, san’at, turizm va boşqa sohalarga oid 30 dan ortiq turdagi quriliş obyektlarini qamrab oladi. Portalda obyektning nomi, aniq manzili, toifasi va foydalanişga topşiriş muddati körsatiladi.

Şuningdek, binoning qavatlari va xonadonlari soni, umumiy maydoni hamda loyiha qiymati töğrisidagi ma’lumotlarni oliş mumkin. Bundan taşqari, quriliş buyurtmaçisi, loyihaçi va pudratçi taşkilotlar haqida ham ma’lumot beriladi.

Quriliş ruxsatnomalarini yuklab oliş mumkin

Yangi xizmat orqali obyektga oid hujjatlarni nafaqat köriş, balki yuklab oliş imkoniyati ham mavjud. Xususan, arxitektura-şaharsozlik kengaşi xulosasi, ekspertiza xulosasi va quriliş-montaj işlarini boşlaş uçun berilgan ruxsatnomani yuklab oliş mumkin.

Bu, ayniqsa, qurilişi hali yakunlanmagan köp qavatli uylardan uluş kiritiş asosida xonadon sotib olmoqçi bölgan fuqarolar uçun muhim.

Xaridorlar quriliş kompaniyasiga pul tölaşdan oldin obyektning ruxsatnomalari, loyiha ma’lumotlari va belgilangan topşiriş muddatlarini mustaqil tekşirişlari mumkin.

Xizmatdan qanday foydalaniş mumkin

Buning uçun my.gov.uz portalidagi «Quriliş obyektlari haqida ma’lumot» xizmatiga ötiş kerak.

U yerda qurilişi yakunlangan yoki davom etayotgan obyektlar haqidagi mavjud ma’lumotlar bilan tanişiş va tegişli hujjatlarni yuklab oliş mumkin.

Biroq quriliş ruxsatnomalarining mavjudligi xonadonni sotayotgan kompaniyaning barça majburiyatlarini öz vaqtida bajarişini kafolatlamaydi. Şu sababli uy sotib olişdan oldin şartnoma şartlari va mulkka oid hujjatlarni ham tekşiriş tavsiya etiladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq blogerlarga yangi uylarni reklama qiliş taqiqlanişi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek