Gukeş Sindarovga qarşi nega partiyani davom ettirmaganini tuşuntirdi

26-noyabr 2026 07:58 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Gukeş Sindarovga qarşi nega partiyani davom ettirmaganini tuşuntirdi
Foto: India Today

Amaldagi jahon çempioni Gukeş Dommaraju Javohir Sindarovga qarşi ikkinçi partiyada nega öyinni davom ettirmaganini tuşuntirdi. Hindistonlik grossmeysterning aytişiça, markazni oçiş va raqibiga real muammo tuğdirişning aniq yölini topa olmagan.

25-noyabr kuni Jeneva yaqinidagi Kolonida ötkazilgan ikkinçi partiya 20-yurişda durang bilan yakunlandi. Gukeş oq, Sindarov esa qora donalarda öynadi.

Gukeş London tizimini tanladi

Gukeş partiyani London tizimi bilan boşladi. Uning aytişiça, bunday debyut tanlovi bahsning boşida Sindarov uçun kutilmagan qaror bölişi mumkin edi.

Gukeş pandemiya davrida London tizimini ança köp öynaganini esladi. Şu bilan birga, hozir bu debyut böyiça nazariya ança rivojlanganini va Sindarovda ham tayyor javoblar bölişi mumkinligini bilgan.

Sindarov esa keyinroq London tizimining özini kutmaganini, biroq yuzaga kelgan variantni oldindan yaqindan örgangani haqida aytdi.

Gukeş nega xavfga bormadi

Gukeş öz pozitsiyasida jiddiy ustunlik yaratadigan aniq davomni körmaganini aytdi. Uning fikriça, öyinni majburan keskinlaştiriş raqibga emas, öziga ham muammo keltirişi mumkin edi.

«Agar c4 bilan markazni oça olganimda, ehtimol, partiyani davom ettirardim», – dedi u.

Natijada tomonlar yurişlarni takrorlaşga ötdi va pozitsiya uç marta qaytarilgandan keyin durang qayd etildi.

Gukeş vaqt nazorati haqida ham fikr bildirdi

Matbuot anjumanida Budapeştda qöllangan 45+30 vaqt nazorati ham muhokama qilindi. Bu formatda har bir şaxmatçiga 45 daqiqa beriladi va har yurişdan keyin yana 30 soniya qöşiladi.

Gukeşning fikriça, bunday nazorat klassik şaxmatdan köra rapidga yaqinroq. Şu sabab u bunday partiyalarni klassik reytingga qöşmaslik kerak deb hisoblaydi.

U öz fikriga misol sifatida Praggnanandha va Riçard Rapport örtasidagi partiyani keltirdi. Unda vaqt taqçilligi fonida Praggnanandha bir yurişda motni ötkazib yuborgan va Rapport 43.Qg7# bilan öyinni yakunlagan.

Sindarov esa 45+30 formatini rapid va klassik şaxmat orasidagi oraliq nazorat deb baholadi. Uning fikriça, bu tomoşabinlar uçun qiziqarli, ammo bir kunda ikkita partiya öynaş şaxmatçidan katta kuç talab qiladi.

Gukeş: hisob haqida xulosa qilişga hali erta

Ikki partiyadan keyin hisob 1:1 bölib turibdi. Gukeşning aytişiça, bahsning hozirgi bosqiçida hisobdan katta xulosa çiqarişga hali erta.

Jahon çempionligi bahsi 14 ta klassik partiyadan iborat. Agar ular yakunida hisob 7:7 bölsa, çempion tay-brek orqali aniqlanadi.

Uçinçi partiya 26-noyabr kuni Toşkent vaqti bilan soat 19:00 da boşlanadi. Unda Javohir Sindarov oq donalarda öynaydi.

Avvalroq «Kursiv» Javohir Sindarov ikkinçi partiyadan keyin nima degani haqida yozgan edi.

Shuningdek