Özbekistonda ipoteka foiz stavkalari pasayişi kutilmoqda

Özbekistonda yaqin uç-tört yil içida ipoteka kreditlari böyiça foiz stavkalari pasayişi kutilmoqda. Bunga inflyatsiyaning sekinlaşişi, uzoq muddatli moliyaviy resurslarning köpayişi hamda mamlakat xalqaro kredit reytingining yaxşilanişi ta’sir körsatişi mumkin. Bu haqda Markaziy bank vakillari II Özbekiston uy-joyni moliyalaştiriş xalqaro forumi doirasida Kursiv Uzbekistan’ga ma’lum qildi.
Markaziy bank raisi örinbosari Nodirbek Açilovning ta’kidlaşiça, ipoteka bozorida foiz stavkalarining pasayişi hozirdanoq kuzatilmoqda.
«Bozorda resurs köpayapti, xususiy resurslar kirib kelyapti. Umuman, kutilmalar pasayapti, inflyatsiya pasayapti, uzoq muddatli pullar paydo böla boşladi», – dedi Açilov.
Uning sözlariga köra, narxlar barqarorlaşişi va inflyatsion kutilmalar pasayişi bilan kreditlar böyiça foiz stavkalari ham pasayib boradi.

Ipoteka kreditlarining örtaça stavkasi 21 foizgaça tuşgan
Markaziy bank Ipoteka kreditlaş boşqarmasi boşliği örinbosari Sunnatulla Xolmurodovning Kursiv Uzbekistan naşriga ma’lum qilişiça, sönggi uç yil davomida ipoteka kreditlarining örtaça foiz stavkasi 23 – 24 foizdan 21 foizgaça pasaygan.
Bugungi kunda Davlat budjeti mablağlari hisobidan ajratilayotgan ipoteka kreditlarining örtaça stavkasi 17 foizni, Ipotekani qayta moliyalaştiriş kompaniyasi resurslari hisobidan berilayotgan kreditlarniki esa 21 foiz atrofini taşkil etmoqda.
Birlamçi va ikkilamçi uy-joy bozorlarida ham ipoteka kreditlari böyiça örtaça stavkalar 21 foiz atrofida şakllanmoqda.
Xolmurodov stavkalarning pasayişini bank tizimida likvidlikning ortişi, depozit bazasining kengayişi hamda arzon va uzoq muddatli moliyaviy resurslarning köpayişi bilan izohladi.
Xalqaro kredit reytingi ipoteka narxiga qanday ta’sir qiladi?
Markaziy bank vakilining fikriça, Özbekistonning xalqaro kredit reytingi yaxşilanişi banklarga xorijiy moliya bozorlaridan nisbatan arzonroq mablağ jalb qiliş imkonini beradi.
Xolmurodovning qayd etişiça, avvalgi davrlarga nisbatan taşqi qarz mablağlarini jalb qiliş stavkalari 3 – 4 foizga pasaygan.
Özbekiston investitsiyaviy darajadagi kredit reytingiga erişsa, xorijdan jalb qilinadigan moliyaviy resurslar narxi yanada arzonlaşişi mumkin. Bu, öz navbatida, banklarning aholiga pastroq foiz stavkalarida ipoteka kreditlari ajratişi uçun iqtisodiy asos yaratadi.
Şuningdek, asosiy stavkaning pasayişi banklar jalb qiladigan depozitlar va boşqa moliyaviy resurslar qiymatining arzonlaşişiga, pirovardida ipoteka kreditlari foiz stavkalarining tuşişiga xizmat qilişi mumkin.
«Ipoteka, umuman, iqtisodiyot böyiça foizlar böyiça prognozimiz — yaqin şu uç-tört yilda pasayişni kutib turibmiz», – dedi Xolmurodov.
Uning ta’kidlaşiça, bu jarayon, birinçi navbatda, inflyatsion bosim, Markaziy bankning asosiy stavkasi va banklarning moliyaviy resurslari qiymatiga boğliq.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Özbekistonda 2026-yilda ipoteka kreditlarini moliyalaştiriş uçun $1,9 mlrd ajratilişi rejalaştirilgani haqida yozgandi. Kelgusida ipoteka bozorining Davlat budjetiga boğliqligini kamaytiriş, kapital bozori orqali uzoq muddatli resurslarni jalb qiliş hamda ipoteka obligatsiyalarini rivojlantiriş közda tutilmoqda.