Toşkent va Ostona uy-joy sotib oliş eng qulay poytaxtlar qatorida, ammo ijara narxi oşdi

Toşkent Markaziy Osiyo, Kavkaz, Rossiya va Belarusning sakkizta poytaxti orasida uy-joy sotib oliş qulayligi böyiça ikkinçi örinni egalladi. Biroq poytaxtda bir xonali kvartiraning örtaça ijara narxi oyiga $355 ga yetdi. Bu ötgan yilgi körsatkiçdan $21 qimmat. Bu ma’lumotlarni Özbekiston Markaziy banki Uy-joy bozori va ipotekani rivojlantiriş departamenti boşliği örinbosari Sunnatulla Xolmurodov Özbekistonda uy-joy moliyalaştiriş böyiça II xalqaro forumda taqdim etdi.
Toşkentda uy sotib oliş uçun 8,3 yillik daromad kerak
Markaziy bank ma’lumotlariga köra, 2025-yil yakunida Toşkentda uy-joyning narxi aholining 7,5 yillik daromadiga teng bölgan. 2026-yilda esa bu körsatkiç 8,3 yilga yetgan.
Bu hisob-kitob poytaxtda kvartira sotib oliş uçun örtaça yillik daromadning 8,3 barobariga teng mablağ kerakligini anglatadi. Bunda kundalik xarajatlar hisobga olinmaydi. Şu sababli körsatkiç uy sotib oliş uçun amalda qança vaqt pul yiğiş kerakligini töliq ifodalamaydi.
Şunga qaramay, Toşkent uy-joy sotib oliş nisbatan qulay bölgan poytaxtlar orasida ikkinçi örinda. Birinçi örinda Ostona turibdi — u yerda uy narxi aholining 7,3 yillik daromadiga teng.

Boşqa şaharlarda bu körsatkiç quyidagiça:
- Minsk — 10,4 yil;
- Duşanbe — 11,6 yil;
- Tbilisi — 12,6 yil;
- Boku — 13,5 yil;
- Bişkek — 13,8 yil;
- Moskva — 20,3 yil.
Demak, körib çiqilgan sakkizta poytaxt orasida uy-joy sotib oliş eng qiyin şahar Moskva bölib qolmoqda.
Toşkentda uy ijarasidan olinadigan daromad kamaydi
Toşkentda köçmas mulkni ijaraga berişdan olinadigan yalpi daromadlilik ham pasaygan.
Markaziy bank ma’lumotlariga köra, bu körsatkiç 2024-yil yakunida 8,8 foiz, 2025-yilda esa 9,3 foiz bölgan. Yangi taqdimotda 7,8 foizni taşkil etgan.
Yalpi ijara daromadliligi — uy egasining bir yil davomida ijaradan oladigan daromadining köçmas mulk qiymatiga nisbati. Bunda soliq, ta’mirlaş va uy-joyni saqlaş xarajatlari hisobga olinmaydi.
Şunga qaramay, Toşkent ijara daromadliligi böyiça sakkizta poytaxt orasida uçinçi örinda. Duşanbeda bu körsatkiç 9,6 foiz, Ostonada 8,3 foizni taşkil etadi.
Boşqa şaharlardagi körsatkiçlar:
- Bişkek — 7,4 foiz;
- Tbilisi — 6,8 foiz;
- Boku — 5,5 foiz;
- Minsk — 5 foiz;
- Moskva — 3,5 foiz.
Toşkentda bir xonali kvartira ijarasi $355 ga çiqdi
Uy-joyni ijaraga berişdan olinadigan daromadlilik pasayganiga qaramay, Toşkentda bir xonali kvartira ijarasi qimmatlaşgan.
2025-yil yakunida bunday kvartiraning örtaça oylik ijara narxi $334 bölgan. Markaziy bankning yangi taqdimotida esa bu summa $355 deb körsatilgan.

Şu bilan birga, Toşkent sakkizta poytaxt orasida bir xonali kvartira ijarasi eng arzon şahar bölib qolmoqda.
Boşqa şaharlarda örtaça oylik ijara narxi quyidagiça:
- Boku — $428;
- Ostona — $485;
- Duşanbe — $493;
- Bişkek — $503;
- Minsk — $508;
- Tbilisi — $582;
- Moskva — $1 149.
Toşkentda bir kvadrat metr uy-joy qança turadi
Markaziy bank taqdimotiga köra, Toşkentda uy-joyning bir kvadrat metri örtaça $1,5 ming turadi. Poytaxtda örtaça hisoblangan oylik iş haqi esa $903 ga teng.
Kvadrat metr narxi böyiça Toşkent Bişkek bilan deyarli bir xil darajada. Qirğiziston poytaxtida bir kvadrat metr uy-joy $1 493 turadi, örtaça oylik iş haqi esa $539 ni taşkil etadi.
Ostonada bir kvadrat metr uy-joyning örtaça narxi $1 383, Bokuda $1 788, Tbilisida $1 818, Minskda $2 146.
Körib çiqilgan poytaxtlar orasida eng qimmat uy-joy Moskvada — bir kvadrat metri $7 206. Eng arzon körsatkiç esa Duşanbeda qayd etilgan — $998.
Avvalroq «Kursiv» Özbekistonda ipoteka kreditlari böyiça foiz stavkalari kelgusi uç-tört yilda pasayişi kutilayotgani haqida yozgan edi. Sönggi uç yilda örtaça stavka 23–24 foizdan 21 foizgaça tuşgan.