Bibisora Assaubayevaning onasi Sindarovga murojaat qildi

27-noyabr 2026 10:58 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Bibisora Assaubayevaning onasi Sindarovga murojaat qildi
Foto: Instagram/ @bibisarachess

Qozoğistonlik şaxmatçi Bibisora Assaubayevaning onasi Liana Tanjariqova jahon çempionligi uçun Gukeş Dommarajuga qarşi bahs olib borayotgan özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarovni qöllab-quvvatladi.

Tanjariqova Instagram sahifasida Sindarovga bağişlangan video va alohida post e’lon qilib, unga jahon toji uçun kuraşda omad tiladi.

«Bugun sayyoradagi eng kuçli şaxmatçilardan biri jahon çempionligi uçun bahsni boşladi. Javohir, bugun sening kuning. Sen 20 yoşdasan va jahon toji uçun öynayapsan. Sen allaqaçon boşqalar butun umr orzu qiladigan işni uddalading. Hisob haqida öylama, öz öyiningni öyna. Hammamiz senga muxlislik qilyapmiz», – dedi u.

«Senga hozir bizning qöllab-quvvatlaşimiz kerak»

Keyingi postida Tanjariqova Sindarovning jahon çempionligi bahsidagi iştirokini tarixiy voqea sifatida baholadi.

«U yigirma yoşda. Va u şaxmat böyiça jahon çempioniga aylanişi mumkin. Bu şaxmat tarixidagi jahon toji uçun eng yoş bahs. Men uning endigina boşlagan paytlarini eslayman. Endi esa uni butun dunyo kuzatyapti», – deb yozdi u.

Şuningdek, u har bir partiya bir neça soatlik sukut va katta ruhiy bosim ostida keçayotganini ta’kidlab, Sindarovni qöllab-quvvatlaşga çaqirdi.

«Javohir, biz senga işonamiz», – deya yozdi Tanjariqova.

Sindarov va Gukeş örtasida hisob teng

FIDE ma’lumotiga köra, 2026-yilgi jahon çempionligi bahsida amaldagi jahon çempioni Gukeş Dommaraju va da’vogar Javohir Sindarov özaro kuç sinaşmoqda.

Bahs 14 ta klassik partiyadan iborat. 7,5 oçko töplagan şaxmatçi jahon çempioni böladi. Agar 14 partiyadan keyin hisob 7:7 bölsa, ğolib tay-breyk orqali aniqlanadi.

26-noyabr kuni ötkazilgan uçinçi partiya 60-yurişda durang bilan yakunlandi. Dastlabki uç partiyaning barçasida durang qayd etilgan va umumiy hisob 1,5:1,5 bölib turibdi.

Avvalroq «Kursiv» Javohir Sindarov uçinçi partiyadan söng nima degani haqida yozgan edi.

Shuningdek