İş haqi va kadrlar: Özbekiston banklari qança sarflamoqda

Özbekiston banklari 2026-yilning töqqiz oyida xodimlari uçun qariyb 15 trln söm sarfladi. Bir yil içida banklarning uşbu xarajatlari 22,7 foizga yoki qariyb 2,7 trln sömga köpaydi. Bunda 20 ta bank xarajatlarini 20 foizdan köproqqa oşirgan bölsa, faqat ikkita bank ularni qisqartirdi. Bu haqda Kursiv Uzbekistan’ning buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BHMS) asosida tuzilgan moliyaviy hisobotlar böyiça hisob-kitoblari dalolat bermoqda.
Özbekistonda faoliyat yuritayotgan 35 ta bankdan 33 tasi tadqiqotga kiritildi. Maqola tayyorlanayotgan vaqtda Saderat Bank va Madad Invest Bank (Mybank)ning 2026-yilning töqqiz oyi uçun moliyaviy hisobotlari oçiq manbalarda mavjud bölmagani sababli ular reytingdan örin olmadi. Yana bir bank — Tayanç Mikromoliya Banki xodimlar uçun xarajatlar hajmi böyiça reytingga kiritildi. Biroq mazkur taşkilot 2025-yil oktabr oyida bank litsenziyasini olgani sababli uning xarajatlari yillik dinamikasi hisoblanmadi.
Oltita bank xodimlari uçun 1 trln sömdan ortiq mablağ sarfladi
Xodimlar uçun xarajatlar hajmi böyiça Agrobank yetakçilik qilmoqda. Joriy yilning töqqiz oyida moliya taşkiloti uşbu maqsadlarga 1,54 trln söm yönaltirdi. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 24 foizga köp.
Ikkinçi örinni Hamkorbank egalladi. Bankning xarajatlari 40 foizga oşib, 1,25 trln sömga yetdi. Bank xarajatlarning mutlaq ösişi böyiça ham yetakçilar qatoridan joy oldi — bir yil içida xodimlar uçun sarflangan mablağ 356,1 mlrd sömga köpaydi.
Yetakçi uçlikni xodimlarni saqlaş uçun 1,15 trln söm (+18,6 foiz) yönaltirgan Özbekiston Milliy banki (Özmilliybank) yakunlab berdi.
Ipoteka-bank (1,11 trln söm), Xalq banki (1,09 trln söm) va Kapitalbank (1,01 trln söm) xarajatlari ham 1 trln sömlik çegaradan oşdi.
Tadqiqotga kiritilgan barça banklarning xodimlar uçun xarajatlarining qariyb 49 foizi uşbu körsatkiç böyiça yetakçi oltita moliya taşkiloti hissasiga töğri keldi.

Qaysi banklarda xodimlar uçun xarajatlar tezroq ösmoqda?
Xodimlar bilan boğliq xarajatlarning eng yuqori ösiş sur’atlari aktivlari hajmi nisbatan kiçik bölgan moliya taşkilotlarida kuzatildi.
Uzum Bank uşbu körsatkiç böyiça yetakçiga aylandi. Bank xodimlari uçun xarajatlarini 77,6 foizga — 116,7 mlrd sömgaça oşirdi. Undan keyingi örinlarni Hayot Bank (+74,9 foiz), Garant Bank (+69,6 foiz), Openbank (+60,3 foiz) va Poytaxt Bank (+59,6 foiz) egalladi.
Anorbank xarajatlari ham yarmidan köproqqa — 59,1 foizga oşib, 313,9 mlrd sömga yetdi.
Xodimlari uçun 200 mlrd sömdan ortiq mablağ yönaltirgan banklar orasida Mikrokreditbank (+47,5 foiz), Octobank (+45,1 foiz), Hamkorbank (+40 foiz) va Davr Bank (+39,2 foiz) ham yuqori ösiş sur’atlarini namoyon etdi.
Banklarning xarajatlari qançaga oşdi?
Har ikki davr böyiça taqqoslanadigan ma’lumotlari mavjud 32 ta bankning jami xarajatlari 11,87 trln sömdan 14,56 trln sömgaça (+22,7 foiz) oşdi. Şunday qilib, moliya taşkilotlari bir yil avvalgiga nisbatan xodimlari uçun qariyb 2,7 trln söm köproq mablağ sarflagan.
Umuman olganda, taqqoslanadigan ma’lumotlari mavjud 32 ta bankdan 30 tasi xodimlar uçun xarajatlarini oşirgan. Xarajatlari köpaygan banklar orasida eng past ösiş sur’atlari Biznesni rivojlantiriş banki (+3 foiz), Özsanoatqurilişbank (+3,6 foiz) va KDB Bank Uzbekistan’da (+6 foiz) qayd etildi.
Qaysi banklar xarajatlarini qisqartirdi?
Bank tizimida xodimlar bilan boğliq xarajatlarning umumiy ösişi fonida faqat ikkita moliya taşkilotida pasayiş kuzatildi.
Xarajatlarning eng katta qisqarişi AVO bank’da qayd etildi — 9,9 foizga kamayib, 37,2 mlrd sömni taşkil etdi. Ötgan yilning mos davrida uşbu körsatkiç 41,2 mlrd sömga teng bölgan.
InfinBank xodimlari uçun xarajatlarini 8,4 foizga — 279,5 mlrd sömdan 256 mlrd sömgaça qisqartirdi. Bank xarajatlarning mutlaq hajmi böyiça reytingda 18-örinni egalladi.
İş haqi oşmoqda, xodimlarga qöyiladigan talablar özgarmoqda
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2026-yil yakunlariga köra bank mutaxassislarining iş haqi 22 foizga, örta böğin rahbarlariniki 20 foizga, top-menejerlarniki esa 25 foizga oşişi mumkinligi haqida yozgan edi.
Bunday prognozlarni 2026-yil oktabr oyida Özbekiston iş beruvçilar assotsiatsiyasi rahbari va Person Hunters kompaniyasi boş direktori Yuliya Yakovleva taqdim etgan edi. Umuman olganda, mazkur prognoz banklarning moliyaviy hisobotlarida aks etgan xodimlar uçun xarajatlarning ösiş tendensiyasiga mos keladi.
Şu bilan birga, banklar yangi mutaxassislarni jalb qiliş bilan bir qatorda kadrlar siyosatiga bölgan yondaşuvlarini ham qayta körib çiqmoqda. Xodimlarni ommaviy ravişda işga qabul qiliş davridan söng moliya taşkilotlari mehnat unumdorligini oşiriş va taşkiliy tuzilmani optimallaştirişga köproq e’tibor qarata boşladi.
Yakovlevaning fikriça, sun’iy intellektning joriy etilişi koll-markazlar va bek-ofislarda faoliyat yuritadigan xodimlarga bölgan ehtiyojni kamaytirişi mumkin. Ayni paytda ma’lumotlar tahlili, risk-menejment va boşqa texnologik yönalişlardagi mutaxassislar uçun raqobat kuçayişi kutilmoqda.
Xarajatlarning ösişi iş haqi oşganini anglatadimi?
Xodimlar uçun xarajatlarning köpayişi har doim ham bank xodimlarining iş haqi mutanosib ravişda oşganini anglatmaydi.
Moliyaviy hisobotning teg işli bandi nafaqat iş haqi, balki xodimlar bilan boğliq boşqa xarajatlarni ham öz içiga oladi. Uşbu körsatkiç dinamikasiga xodimlar sonining köpayişi, mukofot pullari, rağbatlantiriş tizimining özgarişi va boşqa omillar ta’sir körsatişi mumkin.
Nisbatan kiçik banklarda xarajatlarning jadal ösişi biznes faoliyatining kengayişi, yangi mahsulotlarning işga tuşirilişi va mutaxassislarning jalb etilişi bilan boğliq bölişi mumkin.
Tadqiqotda Korporativ axborot yagona portalida e’lon qilingan banklarning moliyaviy hisobotlari, şuningdek, moliya taşkilotlari tomonidan Kursiv Uzbekistan söroviga javoban taqdim etilgan ma’lumotlardan foydalanildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan sun’iy intellekt moliya taşkilotlari faoliyatini qanday özgartirayotgani haqida yozgan edi. Ayrim hollarda banklar xodimlar sonini köpaytiriş örniga ularning vazifalarini bajara oladigan sun’iy intellekt agentlaridan foydalanmoqda. Bunday amaliyot, masalan, moliya taşkilotlarining koll-markazlarida qöllanilmoqda. Mazkur texnologik yeçimlarni joriy etiş qiymati esa ularning murakkabligi va funksional imkoniyatlariga qarab ön minglab dollardan yuz minglab dollargaça yetişi mumkin.