
Samsung Galaxy S27 Ultra smartfonining yangi yuqori sifatli maketi videoda namoyiş etildi. TeçDroider YouTube kanali qurilmaning qora va oq rangdagi jismoniy maketlarini körsatib, bu dizayn işlab çiqariş uçun tasdiqlanganini da’vo qilmoqda.
Avvalgi maketlardan farqli ravişda, yangi namunalarda kamera linzalari, portlar va ekran qismi batafsil işlangan. Videoda Galaxy S27 Ultra avvalgi Galaxy S26 Ultra bilan ham taqqoslangan.
Kamera bloki gorizontal bölişi mumkin
Yangi maketga köra, Samsung flagmanining umumiy burçakli dizaynini saqlab qoladi, ammo orqa kameralar joylaşuvini sezilarli özgartiradi.

Kameralar bu safar gorizontal blok içida joylaştirilgan. Oq rangli versiyada kamera qismi krem rangli kontrast panel bilan ajratilgan, qora modelda esa orqa tomon bir xil rangda işlangan.
Kameralarning yangi joylaşuvi magnitli quvvatlaş aksessuarlari bilan moslikni yaxşilaşi mumkin. Galaxy S26 Ultra’da çiqib turgan kamera moduli ayrim taşqi batareyalarni joylaştirişga xalaqit berişi mumkin edi.
3 karra zum kamerasi olib taşlanişi mumkin
Dastlabki ma’lumotlarga köra, Galaxy S27 Ultra alohida 3 karra optik zumli telekameradan ayrilişi mumkin.
Şu bilan birga, 5 karra optik zumli modul saqlanib qolişi va asosiy kamera 200 MP sensor bilan jihozlanişi kutilmoqda.

Yana bir özgariş – Samsung Galaxy S21 Ultra’dan beri qöllab kelayotgan lazerli avtofokus tizimi ham olib taşlanişi mumkin.
Samsung bu kamera xususiyatlarini hozirça rasman tasdiqlamagan.
Batareya 5700 mAh gaça oşişi mumkin
Galaxy S27 Ultra akkumulyatorining nominal siğimi sertifikat ma’lumotlarida 5534 mAh sifatida körsatilgan. Işlab çiqaruvçilarning odatiy markirovkasiga köra, uning tipik siğimi taxminan 5700 mAh bölişi mumkin.
Bu Galaxy S26 Ultra’dagi 5000 mAh batareyaga nisbatan sezilarli ösiş böladi.
Biroq quvvatlaş tezligi oşmasligi kutilmoqda.
UL Demko sertifikatida Galaxy S27 Ultra uçun 20 V va 3 A, ya’ni maksimal 60 Vt simli quvvatlaş qayd etilgan. Bu Galaxy S26 Ultra bilan bir xil körsatkiç.

6,9 dyuymli M16 AMOLED ekran
Dastlabki ma’lumotlarga köra, smartfon 6,9 dyuymli M16 AMOLED panel bilan jihozlanişi mumkin.
Ekran 2K aniqlik, 120 Hz yangilaniş çastotasi, yuqoriroq yorqinlik va akslanişga qarşi qoplamani taklif qilişi kutilmoqda.
Privacy Display funksiyasining takomillaştirilgan versiyasi ham tilga olinmoqda. Bu texnologiya ekranga yon tomondan qaralganda undagi ma’lumotlarni körişni qiyinlaştiradi.
Snapdragon yoki Exynos
Galaxy S27 Ultra protsessori bozorga qarab farq qilişi mumkin.
Hozirgi ma’lumotlarda ikkita platforma tilga olinmoqda – Qualcomm Snapdragon 8 Elite Extreme Gen 6 va Samsunğning Exynos 2700 çipi.
Samsung Galaxy S27 seriyasini 2027-yil boşida, ehtimol yanvar oyida taqdim etişi kutilmoqda. Kompaniya hozirça S27 Ultra dizayni, kamerasi, batareyasi va protsessorlariga oid yakuniy texnik xususiyatlarni rasman e’lon qilmagan.
Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan Galaxy S27 Pro va Ultra’ning tezkor xotirasi faqat qimmat versiyalarda bölişi mumkinligi haqida yozgan edi.