Portugaliyalik tajribali mutaxassis Joze Mourinyo «Benfika»ning yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda Lissabon klubi matbuot xizmati rasman e’lon qildi. Manbaga ko‘ra, 62 yoshli mutaxassis bilan 2027-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolangan. Taqdimot marosimida Mourinyo o‘z his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashdi. «Menda juda ko‘p emotsiyalar bor, lekin tajriba ularni boshqarishga yordam beradi.…