Meksikada bo‘lib o‘tgan professional boks kechasida o‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. U mezbon sportchi Luis Kastilioga qarshi ringga chiqib, 8-raundda texnik nokaut evaziga zafar quchdi. Jang 10 raundga mo‘ljallangan bo‘lsa-da, Kastilio Ahmadaliyevning kuchli bosimiga bardosh bera olmadi. Hakam bellashuvni to‘xtatdi va o‘zbekistonlik bokschining ustunligini rasman e’tirof etdi.…