Nomzodlar orasida Kapadzedan tashqari germaniyalik mutaxassis ham bor
AQSh prezidenti Donald Tramp Boston shahridagi xavfsizlik muammolari tufayli 2026-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘yinlarini boshqa joyga ko‘chirish mumkinligini aytganidan so‘ng, FIFA barcha 16 mezbon shahar turnirni muvaffaqiyatli o‘tkazishga tayyor bo‘lishiga umid bildirdi. FIFA Sky News’ga bergan izohida AQSh prezidenti Donald Tramp 2026-yilgi jahon chempionatini o‘tkazish uchun qaysi shaharlar xavfsiz…
ESPN nashri 2026-yili AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida qatnashadigan va qatnashishi mumkin bo‘lgan jamoalarning g‘olib bo‘lish ehtimolini baholadi. Reytingda allaqachon Jahon chempionatiga yo‘llanma olgan va saralash bosqichida ishtirok etayotgan 87 terma jamoa joy olgan. Unga ko‘ra, birinchi o‘rinda Desham boshchiligidagi Fransiya terma jamoasi joy oldi. Tarkibida Kilian…
Aralash jang san’ati ustasi va UFC’ning sobiq mutlaq chempioni Habib Nurmagomedov O‘zbekiston Aralash jang san’ati assotsiatsiyasi taklifi bilan Toshkent shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi. Mashhur sportchi poytaxtga tashrifi davomida IIV huzuridagi «Jar» sport majmuasida joylashgan Assotsiatsiya markaziy ofisi faoliyati bilan tanishdi. Habibni O‘zbekiston…
«Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanov jarohatdan tiklanib, jamoaning asosiy mashg‘ulotlariga qaytdi. Futbolchi Angliya Premyer ligasining 8-turidan o‘rin olgan «Eveton»ga qarshi bahsda maydonga tushishi kutilmoqda. «Arsenal»ga qarshi o‘yinda jarohat olgan futbolchi oktabr oyidagi terma jamoa yig‘inini o‘tkazib yubordi. «Siti»da Husanovdan tashqari Omar Marmush va Rayan Ayt-Nurilar ham safga qaytgan. Eslatib o‘tamiz,…
FIFA 2026-yilgi Jahon chempionati arafasida klublarga to‘lanadigan kompensatsiya tizimini yangiladi. Mazkur dastur doirasida o‘zbekistonlik futbolchilarni terma jamoaga yuborgan Superliga klublari ham daromad oladi. Tashkilotning Club Benefits Program deb nomlanuvchi loyihasi 2010-yildan buyon faol bo‘lib, unda Jahon chempionatida ishtirok etgan futbolchilar uchun ularning klublariga to‘lov amalga oshiriladi. Misol uchun, 2010-yilgi Janubiy…
Buyuk Britaniyaning nufuzli The Guardian nashri 2008-yilda tug‘ilgan eng iqtidorli 60 nafar yosh futbolchi ro‘yxatini e’lon qildi. Ular orasida O‘zbekiston U-17 terma jamoasi va «Bunyodkor» klubi futbolchisi Sadriddin Hasanov ham joy oldi. Hasanov Osiyo U-17 chempionatidagi yorqin o‘yinlari bilan e’tibor qozongan. Turnir davomida to‘rtta gol urgan Hasanov musobaqaning eng yaxshi…
Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA) yarim oʻrta vazn toifasida jahon chempioni boʻlgan amerikalik Rolando Romero endilikda oʻzbekistonlik bokschi Shahram Gʻiyosovga qarshi jang oʻtkazishi shartligini rasman e’lon qildi. WBA ma’lumotiga koʻra, Romero chempionlik kamarini qoʻlga kiritganidan soʻng 120 kun ichida uni himoya qilishi kerak edi, biroq bu muddat 1-sentabrda yakunlangan. Shu sababli…
Oʻzbekistonlik UFC jangchisi Bogdan Guskov navbatdagi jangini yarim ogʻir vazn toifasining sobiq chempioni, polshalik Yan Blaxovichga qarshi UFC 323 turnirida oʻtkazadi. Bu haqda UFC rasmiy sahifasi ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, jang 6-dekabr kuni AQShning Las-Vegas shahridagi «T-Mobile Arena» majmuasida boʻlib oʻtishi kutilmoqda. Uning raqibi 42 yoshli polshalik jangchi Yan Blaxovich oʻzining…
O‘zbekistonlik ikki karra Olimpiya chempioni Bahodir Jalolov 14-noyabr kuni Toshkentdagi «Humo Arena» majmuasida boʻlib oʻtadigan boks oqshomida ringga koʻtariladi. Manbada ta’kidlanishicha, hozircha Jalolovning raqibi kim boʻlishi noma’lum. Shuningdek, mazkur oqshomda bir qator taniqli oʻzbekistonlik bokschilar ham ishtirok etadi. Jumladan, Shahram Gʻiyosov, Lazizbek Mullajonov, A’loxon Abdullayev, Ozodbek Aliyev va Suhrob Qayumov…
Oʻzbekiston terma jamoasi noyabr oyida Misr bilan oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazishi mumkin. Bu haqda Misrning qator nashrlari xabar berdi. Manbalarga koʻra, turnir noyabr oyidagi FIFA kunlari (10 – 18-noyabr) doirasida Birlashgan Arab Amirliklarida tashkil etilishi rejalashtirilgan. Musobaqada Oʻzbekiston, Eron, Misr va Kabo-Verde kabi terma jamoalar ishtirok etadi. Manbada ta’kidlanishicha, turnirning ilk…
Oʻzbekiston hukumati mamlakat hududida Formula-1 poygasining bir bosqichini oʻtkazish imkoniyatini oʻrganmoqda. Bu haqda britaniyalik taniqli avtosport jurnalisti Jo Seyvud oʻzining Green Notebook from Viagrapore blogida xabar berdi. Jurnalistning yozishicha, Oʻzbekiston vakillari yaqinda boʻlib oʻtgan Singapur Gran-prisida koʻrinish bergan. Norasmiy ma’lumotlarga koʻra, aynan shu yerda Formula-1 bosqichini Toshkentda yoki mamlakatning boshqa…
14-noyabr kuni Toshkentdagi «Humo Arena» majmuasida yirik professional boks kechasi oʻtkaziladi. Turnir Lift Promotions va Matchroom Boxing kompaniyalari hamkorligida tashkil etiladi. Musobaqa doirasida oʻzbekistonlik bokschilar — Lazizbek Mullajonov, Shahram Gʻiyosov, Aloxon Abdullayev, Suhrob Qayumov va Ozodbek Aliyev ringga chiqishadi. Kechada Lazizbek Mullajonov WBC kamari uchun bahs olib boradi. Mullajonov professional…
Saudiya Arabistonining «An-Nassr» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu umumiy boyligi 1$ milliarddan oshgan tarixdagi ilk futbolchi sifatida qayd etildi. Bu haqda Bloomberg nashri oʻzining Billionaires Index reytingiga tayanib xabar berdi. Manbaga koʻra, portugaliyalik futbolchining hozirgi sof boyligi $1,4 milliardga teng. Ronaldu 20 yildan ortiq davom etayotgan faoliyati mobaynida nafaqat maydondagi yutuqlari,…
Oʻzbekiston ichki ishlar vaziri Aziz Toshpoʻlatov mamlakat Aralash jang san’ati (MMA) assotsiatsiyasi raisi lavozimini egalladi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi (MOQ) oʻz Instagram sahifasida e’lon qildi. Toshpoʻlatov Bahodir Kurbanov oʻrnini egalladi. Shu bilan birga, u Oʻzbekiston voleybol federatsiyasiga ham rahbarlik qilmoqda. Ma’lumot uchun, MMA assotsiatsiyasi 2018-yil mart oyida tashkil etilgan.…
Osiyo kubogi – 2026 final bosqichiga yoʻllanma olgan Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi navbatdagi oʻrtoqlik uchrashuvini Toshkentda Qozogʻiston terma jamoasiga qarshi oʻtkazadi. Bu haqda O‘FF xabar berdi. Uchrashuv 16-oktabr kuni poytaxtdagi «Yunusobod» sport majmuasida bo‘lib, soat 17:00 da boshlanadi va u har ikki jamoa uchun muhim sinov vazifasini oʻtaydi. Mazkur…