Husanov «Manchester Siti»ga 2025-yilda o‘tgan
O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov «Manchester Siti»ning «Norvich»ga qarshi 5:0 hisobidagi g‘alabasida yuqori baho oldi. Flashscore statistik portali Husanovning o‘yinini 8,1 ball bilan baholadi. O‘zbekistonlik futbolchi uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq 90 daqiqa maydonda harakat qildi. «Manchester Siti» esa raqibiga gol urish imkonini bermadi. Husanov jamoada to‘rtinchi natijani…
O‘zbekistonlik himoyachi Behruz Karimov Shveysariya Superligasida «Lugano» safidagi ilk golini kiritdi. Uning jamoasi «Sankt-Gallen»ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi. «Lugano» yirik hisobda g‘alaba qozondi «Lugano» hisobni 4-daqiqada Bekhem Kastroning goli bilan ochdi. Keyin Elias Pilstryom 14 va 28-daqiqalarda ikki marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Karimovning 36-daqiqadagi golidan so‘ng hisob 4:0 ko‘rinishiga…
Qarshining «Nasaf» klubi OFK Chempionlar ligasi-2 guruh bosqichining ilk turida Bahraynning «Al-Xaldiya» jamoasi bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Uchrashuv boshidan mezbonlar faolroq harakat qildi va «Nasaf» darvozasi tomon bir necha xavfli hujumlar uyushtirdi. Biroq qarshiliklar himoyasi hamda darvozabon Abduvohid Ne’matov raqib zarbalarini qaytara oldi. 14-daqiqada Drozdek pastdan zarba berdi, to‘p…
Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu 2027-yil yanvaridagi qishki transfer oynasida Saudiya Arabistonining «Al-Nassr» klubini tark etishi mumkin. Bu haqda saudiyalik jurnalist va insayder Saud Al-Sarami ma’lum qildi. Ronaldu bilan shartnoma 2027-yilgacha amal qiladi 41 yoshli futbolchi 2025-yil iyunida «Al-Nassr» bilan shartnomasini yana ikki yilga uzaytirgan. Amaldagi kelishuv 2027-yilgacha mo‘ljallangan. O‘shanda Ronaldu…
O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov jahon chempionligini qo‘lga kiritish muhimligini, biroq uning asosiy maqsadi dunyo reytingida birinchi o‘ringa chiqish ekanini aytdi. Shaxmatchining fikricha, hozir jahon shaxmatida avlodlar almashinuvi boshlanmoqda. Shu bilan birga, u norvegiyalik Magnus Karlsenni hozirgi paytda dunyoning eng kuchli shaxmatchisi deb hisoblaydi. «Maqsadim — dunyoning birinchi raqamli shaxmatchisi bo‘lish»…
«Barselona»ning sobiq himoyachisi Jerar Pike FYERS American Gambits jamoasi safida Tech Mahindra Global Chess League – 2026 musobaqasida uchinchi o‘rinni egallagan o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov va qozog‘istonlik Bibisara Assaubayevani tabrikladi. «Salom, bolalar. Sizlarni tabriklamoqchiman, chunki biz uchinchi o‘rinni egalladik va menimcha, sizlar juda yaxshi ishtirok etdingiz. G‘alabaga juda yaqin edik.…
«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi Argentina terma jamoasining sentabr oxiri va oktabr boshida o‘tkaziladigan o‘rtoqlik uchrashuvlari uchun tarkibiga kiritildi. Bu haqda BBC xabar berdi. Argentina futbol assotsiatsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, terma jamoa shu davrda uchta uchrashuv o‘tkazadi. Argentina uchta terma jamoaga qarshi maydonga tushadi Argentina 30-sentabr kuni Boliviya bilan uchrashadi. Shundan…
Qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisara Assaubayeva Samarqandda bo‘lib o‘tgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining ochilish marosimi haqida taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda Sports.kz xabar berdi. «Juda chiroyli ochilish marosimi» Assaubayeva o‘zining Instagram sahifasida tadbir davomida olingan suratlarni e’lon qildi. Ularda ochilish marosimidan lavhalar, shuningdek, dronlar yordamida yaratilgan shaxmat donalari va O‘zbekiston bayrog‘i tasvirini ko‘rish…
«Manchester Yunayted»ning sobiq skauti Nikolas Chinalli klubga o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovni transfer qilishni tavsiya qilganini aytdi. Bu haqda Sports.kz ASnews.kz’ga tayanib xabar berdi. Skaut Husanovning uchta jihatini alohida qayd etgan Chinallining so‘zlariga ko‘ra, u Husanovni O‘zbekiston U-20 terma jamoasining jahon chempionatidagi o‘yinlarida kuzatgan. «Husanovda uchta asosiy sifat menga kuchli taassurot…
Gruziyalik mutaxassis Lasha Gudjedjiani O‘zbekiston erkaklar dzyudo terma jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi ma’lum qildi. Gudjejyani terma jamoa bilan ish boshladi Federatsiya xabariga ko‘ra, Lasha Gudjedjiani O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida rasman ish boshlagan. Uning boshqaruvida O‘zbekiston terma jamoasi Lausanne Grand Slam…
O‘zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi FIFA kunlari doirasida 1-oktabr kuni Toshkentda Suriya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Fabio Kannavaro boshchiligidagi jamoa sentabr – oktabr oylaridagi xalqaro tanaffusda bir nechta nazorat bahslarida maydonga tushishi rejalashtirilgan. Avval Eron bilan Farg‘onada o‘ynaydi O‘zbekiston terma jamoasi FIFA kunlaridagi dastlabki uchrashuvlardan birini 24-sentabr kuni…
O‘zbekistonning «Paxtakor», «Neftchi» va «Nasaf» klublari 2026/27-yilgi Osiyo klublar musobaqalarida ishtirok etadi. «Paxtakor» va «Neftchi» OFK Chempionlar ligasi Elit turnirida, «Nasaf» esa OFK Chempionlar ligasi 2 musobaqasida qatnashadi. Klublar ishtirok, g‘alaba va keyingi bosqichlarga yo‘l olgani uchun alohida mukofot pullarini qo‘lga kiritadi. «Paxtakor» va «Neftchi»ga ishtirok uchun $800 mingdan OFK…
Toshkentning «Paxtakor» klubi Elit Osiyo Chempionlar ligasi ilk turida Saudiya Arabistonining «Al-Ahli» jamoasi bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Flamarion 86-daqiqada «Paxtakor»ni oldinga olib chiqdi, biroq Firas Al-Buraikan uchrashuv oxirida hisobni tenglashtirdi. Nazarov «Paxtakor»ni o‘yinda ushlab turdi Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. «Paxtakor» raqib hujumlariga javoban o‘z imkoniyatlarini yaratishga harakat qildi.…
O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov va qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisara Assaubayeva Hindistondagi Tech Mahindra Global Chess League turniridan so‘ng O‘zbekistonga yetib keldi. Sindarov va Assaubayeva Toshkentga keldi Bibisara Assaubayeva Toshkentga kelganini Instagram sahifasida ma’lum qildi. U O‘zbekiston poytaxtidan bir nechta suratlarni e’lon qilgan. Suratlarda Javohir Sindarov va Bibisara Assaubayevaning Toshkent aeroportiga yetib…
«Manchester Siti» himoyachisi Rayan Ait-Nurining «Manchester Yunayted»ga o‘tishi amalga oshmadi. Bu haqda Vesti.kz nashri xabar bermoqda. «Yunayted» futbolchini ijaraga olmoqchi bo‘lgan «Manchester Yunayted» transfer oynasi yopilishidan oldin chap qanot himoyasini kuchaytirish maqsadida Rayan Ait-Nuriga qiziqish bildirgan. BBC Sport ma’lumotiga ko‘ra, klub 25 yoshli futbolchini doimiy transfer asosida sotib olishni rejalashtirmagan…
O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov Tech Mahindra Global Chess League-2026 turnirida birinchi doskada o‘ynagan shaxmatchilar orasida eng ko‘p o‘yin ochkosini jamg‘ardi. U Magnus Karlsen va Yan Nepomnyashiy kabi kuchli grossmeysterlardan yuqori natija ko‘rsatdi. Sindarov turnir yakunida rapid bo‘yicha jahon onlayn reytingida ham yuqoriladi. Uning FYERS American Gambits jamoasi esa musobaqani uchinchi…
«Manchester Siti»ning o‘zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanov Angliya Premyer-ligasida qanot himoyachilari orasida amalga oshirilgan paslar soni bo‘yicha birinchi o‘rinni egallab turibdi. Taqdim etilgan statistikaga ko‘ra, Husanov hisobida 252 ta pas bor. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u eng yaqin ta’qibchisini 42 ta pasga ortda qoldirgan. Husanov 252 ta pas bilan birinchi Reytingda ikkinchi…
Angliya Premyer-ligasining navbatdagi turida «Manchester Siti» safarda «Manchester Yunayted»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. O‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov uchrashuv qaydnomasidan joy olgan bo‘lsa-da, maydonga tushmadi. «Manchester Siti» derbida g‘alaba qozondi 13-sentabr kuni o‘tkazilgan Manchester derbisida «Manchester Yunayted» o‘z maydonida «Manchester Siti»ni qabul qildi. Uchrashuvning 23-daqiqasida «Siti» futbolchisi Fil Foden maydondan chetlatildi…
O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov Hindistonning Bangalor shahrida o‘tayotgan Tech Mahindra Global Chess League – 2026 turnirida Bankable Player of the Day mukofotiga sazovor bo‘ldi. FYERS American Gambits safida ishtirok etayotgan Sindarov ushbu sovrinni turnirning sakkizinchi, ya’ni so‘nggi uchrashuvidagi o‘yini uchun qo‘lga kiritdi. Sindarov Vashye-Lagravni mag‘lub etdi Hal qiluvchi bahsda FYERS…
Turkiya Superligasining beshinchi turi doirasida «Istanbul Bashakshehir» «Amedspor»ga 0:5 hisobida yirik mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuvdan so‘ng Flashscore portali futbolchilarning o‘yinini baholadi. Eldor Shomurodov 5,4 ball, Abbosbek Fayzullayev esa 6,1 ball oldi. O‘zbekistonlik futbolchilar asosiy tarkibda maydonga tushdi Shomurodov ham, Fayzullayev ham uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi, biroq ikkalasi ham o‘yin davomida almashtirildi.…