Noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullangan shaxsdan sal kam 240 ming dollar musodara qilindi
Toshkentda shahrida doimiy ravishda qonunga xilof valyuta ayirboshlash faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar beradi.
Ma’lumot uchun, M.A avval ham jinoyat sodir etganlikda aybli deb topilib, respublikaning Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bo‘yicha sudlangan.
M.A dan $240 ming miqdorida, shuningdek, 482 mln so‘m pul mablag‘i dalil sifatida olindi.
Berilgan ma’lumotga qaraganda, M.A o‘z yashab turgan uyida I.A ismli shaxsga 5,5 ming dollarni 69,6 mln so‘m pul mablag‘iga ayirboshlagan vaqtda tezkor xodimlar tomonidan qo‘lga olingan.
M.A ga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirgi vaqtda, tergov ishlari olib...