O‘tgan yilning yoz faslida Toshkent viloyatida qattiq maishiy chiqindilarni (QMCh) utilizatsiya qilish bo‘yicha birinchi texnologik poligon qurilishi ma’lum bo‘lgan edi. U XX asrning 60-yillari oxirida ish boshlagan Ohangaron poligonining oʻrniga ishga tushadi.
«Kursiv» «Maxsustrans»ning chiqindilarni tashish va utilizatsiya qilish filiali rahbari Rafael Bekmullin bilan bugungi kunda eski va yangi inshootlarda davom etayotgan jarayon haqida suhbatlashdi.
Eski poligon taqdiri bilan nima bo‘ladi?
Eski chiqindi poligonining maydoni 59 gektarni tashkil etadi, shundan 40-45 gektar yer chiqindilarni utilizatsiya qilish uchun ajratilgan. Poligon rasman 1970-yillarda, aslida esa 60-yillarda ishga tushgan.
2019-yil iyun oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishlardan birida poligonning...