Prezident farmoni bilan Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tashkil etildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligining davlat xaridlari sohasidagi vazifalari, funksiyalari va vakolatlari ushbu agentlikka o‘tkazildi.
2026-yil 1-iyuldan boshlab agentlik respublika va mintaqa bozorini tahlil qiladi hamda milliy iqtisodiyotga qo‘shiladigan qiymat zanjirlarini oshirishga xizmat qiluvchi raqobatbardosh mahsulotlar ro‘yxatini sohalar kesimida bosqichma-bosqich shakllantirib, e’lon qilib boradi.
Mazkur ro‘yxatga kiritilgan mahsulotlarni o‘zlashtirgan tadbirkorlik subyektlari bilan belgilangan tartibda kafolatli xarid shartnomalari tuziladi va ular tegishli dasturlarga kiritiladi.
Shuningdek, agentlik xorijiy huquq egalari bilan hamkorlik o‘rnatib, ishlab chiqarish texnologiyalarini transfer qilish, brend va tovar belgilari...