Milliy statistika qo‘mitasi 2026-yil yanvar oyi uchun hududlar kesimida 1 kg palov tayyorlashning o‘rtacha qiymatini e’lon qildi. Unga ko‘ra, eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida (116,1 ming so‘m), eng past ko‘rsatkich esa Qoraqalpog‘iston Respublikasida (98,2 ming so‘m) kuzatilgan.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, narxlar bo‘yicha yuqori o‘rinlarni Farg‘ona viloyati (115 ming so‘m) va Samarqand viloyati (113 ming so‘m) egallab turibdi. Toshkent viloyati (112 607 so‘m) hamda Qashqadaryo viloyatida (112 ming so‘m) ham palov tayyorlash narxi nisbatan yuqori shakllangan.
Boshqa hududlardagi narxlar quyidagicha ko‘rinish oldi: Surxondaryo – 111,6 ming so‘m, Jizzax va Navoiy – 109,6 ming so‘m. Namangan (108,6 ming so‘m), Buxoro...