Yaponiya temir yo‘llar va aviakompaniyalar xizmatlarini Tinch okeanining g‘arbiy qismida kutilayotgan Ampil to‘foni sababli bekor qilmoqda. Bu haqda CNN xalqaro nashri xabar berdi.
Unga ko‘ra, bo‘ron juma kuni yozgi sayohat mavsumining eng yuqori cho‘qqisida bo‘lishi kutilmoqda. Mahalliy vaqt bilan payshanba kuni tongda «Ampil» to‘foni 140 km/soat tezlikdagi shamollar qayd etilgan. Bu keyingi 36 soat ichida yanada kuchayishi mumkin.
Ikki yirik aviakompaniya – Japan Airlines va All Nippon Airways poytaxtning Haneda va Narita aeroportlariga xizmat ko‘rsatuvchi jami 500 ga yaqin reyslarni bekor qildi, deb xabar bermoqda NHK jamoat teleradiokompaniyasi.
Temir yo‘l qatnovi ham to‘xtatilgan. Yaponiyaning keng qamrovli poezdlar tarmog‘idagi oltita...