«Toshkent» Respublika fond birjasida yuqori likvidli aksiyalar haftani o’sish bilan yakunladi. UCI indeksi 26-yanvardan 2-fevralga qadar 1,9 foizga oshdi. Qaysi qimmatli qog’ozlar investorlar uchun foydali bo’lib chiqdi – «Kursiv» sharhida.
Ipak yo’li banki aksiyalari sezilarli o’sishni ko’rsatdi. Fevral oyining boshiga kelib, kotirovkalar 20,3% ga oshdi. Moliya sohasida Aloqabank (+5,3 foiz) va Ipoteka-bank (+3,33 foiz) oddiy qimmatli qog‘ozlari, Agrobankning imtiyozli aksiyalari (+2,08 foiz) ham o‘sdi.
O’tgan yili IPO’ga chiqqan kompaniyalar ham ijobiy dinamikani ko’rsatdi. UzAuto Motors aksiyalari 0,71 foizga oshib, 70,5 ming so‘mni tashkil qildi. «O‘zbektelekom» 4,04 foizga oshib, 5,2 ming so‘mni tashkil qildi. Ikki kompaniyaning kotirovkalari endi IPO narxlaridan pastroq...