2024-yilda oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilarining 59 foizi hali ham ishsizligi aytildi. Bu haqda Bandlik vaziri Behzod Musayev Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida ma’lum qildi.
Behzod Musayevning ta’kidlashicha, 2024-yilda oliy ta’lim muassasalarini 214 ming nafar talaba bitirgan. Ularning 41 foizi, ya’ni 88 ming nafari Yagona milliy mehnat tizimi orqali ishga joylashgan.
Bitiruvchilarning 59 foizi, ya’ni 126 ming nafari hali ham ishsizligi aytildi. Shu bilan birga, avgust oyida har bir bitiruvchini yashash joyi orqali ishga joylashtirish rejalashtirilgan.
Shuningdek, joriy yilning birinchi yarim yilligida Yagona mehnat tizimi orqali 139 ming korxona va tashkilotlarda 358 mingta boʻsh ish oʻrinlari roʻyxatga olingan. Boʻsh...