«Parij – 2024» yozgi Olimpiya o‘yinlarida medallar jamg‘arish bo‘yicha jadvalda o‘zgarish bo‘ldi. Bu haqda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi xabar bermoqda.
9-avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:35 holatiga ko‘ra, AQSh turnir peshqadami, Xitoy ikkinchi o‘rinda, Avstraliya va Fransiya uchinchi hamda to‘rtinchi o‘rinlarni band qilib turibdi.
Mamlakat sportchilari Ulug‘bek Rashitov (taekvondo), Hasanboy Do‘smatov (boks) O‘zbekistonning medallar jamlanmasiga ikkita oltin medalni qo‘shdi. Shu tariqa O‘zbekiston jadvalda Qozog‘istonni ortda qoldirib, Markaziy Osiyo bo‘yicha yetakchilikni qo‘lga oldi.
Avvalroq «Kursiv» Hasanboy Do‘smatov Olimpiadadagi g‘alabasi haqida fikr bildirgani haqida xabar beran edi.