Markaziy bank «Payment System Platform» toʻlov tashkilotining litsenziyasini bekor qildi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilishishicha, bunga qonunchilikda belgilangan savdo va xizmat koʻrsatilishi taʼqiqlangan xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirishga sharoitlar yaratganligi sabab boʻlgan.
«Payment System Platform» aksiyadorlik jamiyatining toʻlov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasi chaqirib olindi va toʻlov tashkilotlari reyestridan chiqarildi”, deyiladi regulyator xabarida.
«Kursiv» muxbiri kompaniya litsenziyasining bekor boʻlishiga aynan nima sabab boʻlganini aniqlash maqsadida Markaziy bank va «Payment System Platform» bogʻlandi.
Markaziy bankning maʼlum qilishicha, bunga aynan nima sabab boʻlgani aytilmaydi. «Kursiv» bilan suhbatda boʻlgan kompaniya vakili...