22-yanvardan 23-yanvarga o‘tar kechasi Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni (XUAR) Oqsu tumanida bir necha kuchli zilzilalar sodir bo‘ldi. Turli manbalarga ko’ra, eng kuchli magnitudasi 6,7 dan 7 gacha.
Yerosti silkinishlari Markaziy Osiyoda ham: Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘izistonda ham sezildi. Zilzilaning oqibatlarini Qirg‘iziston va Qozog‘iston aholisi eng kuchli his qildi.
Internetda Olmaota aholisi vahima ichida xonadonlaridan ko‘chaga chiqib ketgani aks etgan videolar tarqaldi. Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa natijasida ellikka yaqin fuqaro turli darajadagi jarohatlar olishgan. Xususan, jabrlanganlarning uch nafari 2-3-qavat derazalaridan sakrashgan.
«Kursiv» qo‘shni mamlakat fuqarolari o‘tgan tunni qanday boshdan kechirgani va favqulodda vaziyatga hukumatning javob choralari...