Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev temir yoʻl transporti xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi, deb xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.
«Temir yo‘l transportini yanada rivojlantirish, sohada ko‘rsatilayotgan xizmatlar turini ko‘paytirish va ularning sifatini yaxshilash, muhim zamonaviy kommunikatsiya obyektlarini barpo etish bo‘yicha sizlar bilan birgalikda hali juda katta ishlarni amalga oshirishimiz zarur», deyiladi Mirziyoyev tabriknomasida.
Davlat rahbari so‘nggi paytlarda mamlakatimizda 3 ming kilometrdan ortiq temir yo‘l elektrlashtirilganini qo‘shimcha qildi. Buxoro – Urganch – Xiva va Miskin – Nukus yo‘nalishlarini elektrlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Toshkent – Buxoro – Xiva va Toshkent – Chirchiq – Hojikent yo‘nalishlarida tezyurar...