22-mart kuni Londondagi «Uembli» stadionida Angliya Liga kubogi finali bo‘lib o‘tdi. Unda «Manchester Sity» jamoasi «Arsenal» ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvda Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushdi va o‘yinni to‘liq o‘tkazdi.
«Shaharliklar» tarixda to‘qqizinchi bor Liga kubogini qo‘lga kiritdi. Mazkur g‘alaba Husanov uchun Angliyadagi ilk sovrin sifatida qayd etilgan.
Uchrashuv haqida
Dastlabki daqiqalarda «Arsenal» faolroq harakat qildi. «Kanonirlar» to‘p nazoratini qo‘lga olib, xavfli vaziyatlar yaratdi. Xususan, Haverts va Saka raqib darvozasi oldida imkoniyatlarga ega bo‘ldi, ammo yakuniy zarbalarda aniqlik yetishmadi. «Manchester Siti» esa asta-sekin o‘yinni tenglashtirib, tempni pasaytirdi. Natijada birinchi bo‘lim golsiz yakunlandi. O‘zbekistonlik himoyachi 32-daqiqada...