Turkiya Superligasining 20-turi doirasida «Istanbul Bashakshehir» o‘z maydonida «Rizespor» klubini qabul qildi. Gollarga boy kechgan va O‘zbekiston milliy jamoasi yetakchilari ishtirok etgan uchrashuvda 2:2 hisobidagi jangovar durang qayd etildi.
«Istanbul Bashakshehir» safida o‘zbekistonlik futbolchilar Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev uchrashuvni asosiy tarkibda boshlashdi. O‘yinning 19-daqiqasida Eldor Shomurodov jamoadoshi Operining uzatmasidan unumli foydalanib, hisobni ochdi. Bu hujumchimiz uchun joriy mavsumdagi 14-gol bo‘ldi va u chempionat to‘purarlari qatoridagi o‘rnini yanada mustahkamladi.
Uchrashuv ssenariysi dramatik tus oldi. Birinchi bo‘lim yakunida mehmonlar Shahinning goli evaziga hisobni tenglashtirishdi. Ikkinchi bo‘limda Valentin Mixayla «Rizespor»ni oldinga olib chiqdi. Biroq mezbonlar taslim bo‘lishmadi. 74-daqiqada Bertug Yildirim muvozanatni...