11-avgust uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 17,49 so‘mga tushib, 11 934,61 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi
Dollar 4-avgust kuni esa o‘sish tendensiyasini ko‘rsatib, 11 989,14 so‘m (+29,28)ni tashkil etdi. 5-avgustga kelib AQSh valyutasi pasaya boshladi, shu kuni 7,25 so‘mga tushib, 11 942,21 so‘m, 6-avgustda esa 55,49 so‘mga tushib, 11 886,72 so‘m bo‘ldi. 7-avgust kuni 28,92 so‘mga oshib, 11 915,64 so‘mni, 10-avgust kuni esa 36,46 so‘mga oshib, 11 952,10 so‘mni tashkil etdi.
Yevro kursida ham oshish kuzatildi. Yevropa valyutasi 8,47 so‘mga oshib...