
Redmi 17 smartfoni Yevropadan keyin Rossiya bozorida ham sotuvga chiqarildi. MT Today nashriga ko‘ra, budjet segmentiga kiruvchi model 120 Gs ekran, 7500 mA/soat batareya, 50 MP kamera va 45 Vt quvvatlash imkoniyatiga ega.
Narxi $186 dan boshlanadi
Redmi 17 Rossiyada DNS katalogida paydo bo‘ldi. Smartfon uch xil xotira talqinida taklif qilinmoqda.
4/128 GB versiya 15,4 ming rubl ($186), 4/256 GB talqin 18 399 rubl ($223), 8/256 GB versiya esa 22 999 rubl ($278) etib belgilangan.
Ayrim hududlarda sotuv boshlangan
Smartfonning mavjudligi hududga qarab farq qiladi. Ayrim shaharlarda uni allaqachon xarid qilish mumkin, boshqa hududlarda esa yetkazib berish yaqin kunlarda kutilmoqda.
Rossiyada hozircha to‘rtta rangdan uchtasi sotuvga chiqarilgan. Lavanda rangli talqin esa hozircha taqdim etilmagan.
Smartfon katta ekran oldi
Redmi 17 6,9 dyuymli IPS displey bilan jihozlangan. Ekran 1600×720 piksel aniqlikka va 120 Gs yangilanish chastotasiga ega.
Qurilma MediaTek Helio G91 Ultra chipi asosida ishlaydi.
Batareya va kamera imkoniyatlari
Model 7500 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega. U 45 Vt quvvatda zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi.
Smartfonda 50 MP asosiy kamera va 8 MP old kamera o‘rnatilgan.
NFC va namlikdan himoya bor
Redmi 17’da FM-radio, NFC moduli va IP64 darajasidagi namlikdan himoya mavjud.
Model narxi va katta batareyasi bilan budjet smartfonlar segmentida e’tibor tortishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Redmi Note 17 Pro Max Snapdragon 6 Gen 5 bilan chiqishi haqida ma’lumot berilgandi. Ro‘yxat qurilmaning global versiyasi Snapdragon 6 Gen 5 protsessori, 8 GB tezkor xotira va Android 16 operatsion tizimi bilan jihozlanishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.