Rossiyadagi federal hudud – Siriusda sharqiy va g‘arbiy qismlarni bog‘lovchi ikkita piyodalar uchun mo‘ljallangan ekoyo‘lak qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda «Interfaks» xabar berdi.
Asosiy loyiha – «Sirius» nomli marshrut bo‘lib, uning uzunligi 10,8 kilometrni tashkil etadi. U hududning sharqiy qismidagi Ornitologiya bog‘ini g‘arbdagi «Janubiy madaniyatlar» dendroparki bilan bog‘laydi. Yo‘lak ustki piyodalar inshootlari va manzarali kuzatuv nuqtalarini o‘z ichiga oladi. Loyiha haddan tashqari yuklama ostidagi dengiz bo‘yi sayr yo‘lagiga muqobil sifatida ko‘rilmoqda hamda yangi sayyohlik maskaniga aylanishi kutilmoqda.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, loyiha qiymati qariyb $79 millionni tashkil etadi. Bu uni Yevropadagi eng yirik osma ekoyo‘lak loyihasiga aylantiradi.
Ikkinchi – «Daryo bo‘yi...