Raqobat qo‘mitasi birja savdolarida propan narxlarini barqarorlashtirish maqsadida korreksiyalovchi choralar ko‘rilayotganini bildirdi. Xususan, bozor ishtirokchilariga mahsulotlarni birja savdolariga to‘liq hajmda va uzluksiz chiqarish bo‘yicha ko‘rsatmalar yuborilgan.
Qo‘mitaga ko‘ra, 2025-yil noyabr – dekabr oylarida bozorda yuzaga kelgan vaziyat sabab sanksiyalarsiz, profilaktik maqsadda tadbirkorlarga ogohlantirishlar yuborilgan. Unda metan gaziga kiritilgan vaqtinchalik cheklovlardan foydalanib, suyultirilgan gaz narxlarini asossiz oshirmaslik talab qilingan.
Shunga qaramay, ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan bozorda adolatli raqobat tamoyillariga zid holatlar kuzatilmoqda. Jumladan, narxlarni sun’iy ravishda oshirishga olib keluvchi manipulyatsiya va kelishilgan harakatlar alomatlari aniqlangan.
«Aniqlangan holatlar yuzasidan Qo‘mita tomonidan o‘rnatilgan tartibda qonunbuzilishi holatlari...