O‘zbekistonlik futbolchilar Abduqodir Husanov va Behruz Karimov Toshkentdagi Fransiya elchixonasida o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlarda futbolchilar bilan birga ularning agenti Gayrat Hasbulin ham ko‘rinish bergan.
Tadbir Fransiyaning milliy bayrami munosabati bilan tashkil etilgan. Fransiya elchixonasining rasmiy sahifasida 14-iyul bayramiga bag‘ishlangan tadbirdan lavhalar e’lon qilingan.
Behruz Karimovning ushbu uchrashuvda qatnashishi uning Fransiyaning «Lans» klubiga ehtimoliy transferi haqidagi xabarlarni kuchaytirdi. Fransiyadagi ayrim futbol nashrlari va «Lans» muxlislariga tegishli sahifalarda klub 18 yoshli o‘zbekistonlik o‘ng qanot himoyachisini kuzatayotgani haqida ma’lumotlar tarqalgan. Biroq hozircha «Lans» Karimovning amaldagi klubi yoki futbolchining vakillari transfer bo‘yicha rasmiy bayonot bermagan.
The Guardian Karimovni O‘zbekiston...