18-iyuldan Toshkent – Bekobod – Toshkent yo‘nalishidagi shaharlararo elektropoyezdi yangi zamonaviy tarkib bilan harakatlanishni boshlaydi. «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ qatnov elektropoyezdlarning harakat jadvalini e’lon qildi.
Yangi elektropoyezd konditsioner tizimi, USB quvvatlantirish portlari, zamonaviy va qulay o‘rindiqlar, videokuzatuv hamda audio-axborot tizimi bilan jihozlangan. Shuningdek, imkoniyati cheklangan yo‘lovchilar uchun maxsus chiqish-tushish moslamalari va alohida o‘rindiqlar ham mavjud.
Chipta narxlari
Mazkur yo‘nalishda kattalar uchun chipta narxi 15 ming so‘m, bolalar uchun esa 9 ming so‘m etib belgilangan. Chiptalarni temir yo‘l kassalari hamda e-ticket.railway.uz elektron platformasi orqali xarid qilish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tomchi – Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar boshlangani...