O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov va qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisora Assaubayeva bugungi shaxmat olamining eng yorqin yosh vakillari hisoblanadi. Ularni dastlab musobaqalar, uzoq yillik tanishuv va do‘stlik bog‘lagan bo‘lsa, keyinchalik bu munosabat o‘zaro qo‘llab-quvvatlash va muhabbatga aylangan. Avvaliga shaxsiy hayotini oshkor qilmagan shaxmatchilar 2026-yilda ijtimoiy tarmoqlarda munosabatlarini deyarli yashirmay qo‘ydi. «Kursiv» ularning muhabbat yo‘lini hikoya qiladi.
Shaxmat taxtasidan muhabbatgacha
Sindarov va Assaubayeva bir-birini bolalikdan taniydi. Bibisoraning 2026-yil iyulida Instagram’dagi obunachilar savollariga bergan javobiga ko‘ra, ular taxminan 10 – 12 yoshidan buyon tanish bo‘lgan. Bunga ikkala sportchining ham juda yoshligidan xalqaro musobaqalarda qatnashgani sabab bo‘lgan. Assaubayeva ularning yaqin do‘stligi 2021-yildan boshlanganini...