Homiladorlik davrida ovqatlanish faqat onaning holati uchun emas, balki homila rivojlanishi uchun ham muhim. Homiladorlikning har bir bosqichida organizm ehtiyoji o‘zgaradi. Birinchi trimestrda folat, xolin, yod va kalsiy; ikkinchi trimestrda temir, B12, C vitamini va folat; uchinchi trimestrda esa omega-3, suyuqlik va minerallarga e’tibor kuchayadi. Ushbu maqolada har bir davrda iste’moli tavsiya etiladigan mahsulotlarning eng muhimlari sanab o‘tilgan.
Birinchi trimestr: miya, yurak va suyaklar uchun
Homiladorlikning 1 – 13-haftalari birinchi trimestr hisoblanadi. Bu davrda homilaning miya, orqa miya, yurak, ichki a’zolar, tish va suyaklari shakllana boshlaydi. Shu sababli ratsionda folat, xolin, yod va kalsiyga boy mahsulotlar bo‘lishi muhim.
Xolin...