Chevrolet yaqin besh yil ichida ichki yonuv dvigateliga ega yangi sport sedanini bozorga chiqarishni rejalashtirmoqda. Avtomobil orqa uzatmali platformada qurilishi va 2028-yilda sotuvga chiqishi mumkin.
Automotive News manbalariga ko‘ra, yangi sedan Chevrolet’ning yengil avtomobillar segmentiga qaytishini anglatadi. Kompaniyaning AQSHdagi hozirgi model qatori, asosan, krossoverlar, yo‘ltanlamaslar va pikaplardan iborat. Yangi to‘rt eshikli avtomobil esa haydovchanlik xususiyatlariga urg‘u berilgan model sifatida joylashtirilishi kutilmoqda.
Kelajakdagi Chevrolet sedani orqa uzatmali arxitekturadan foydalanadi. Xuddi shu platformada Buick’ning yangi sedani va keyingi avlod Cadillac CT5 modeli ham ishlab chiqarilishi mumkin. Ayrim avtomobil nashrlari gap dvigateli old qismda uzunasiga joylashtiriladigan yangilangan Alpha 2 platformasi haqida ketayotganini...