Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-aprel holatida O‘zbekistonda doimiy aholisi eng kam hudud G‘ozg‘on shahri bo‘ldi. Shaharda 9,5 ming nafar aholi istiqomat qiladi.
Undan keyingi o‘rinlarda Tomdi tumani va Shirin shahri qayd etilgan.
Aholisi eng kam tuman va shaharlar
2026-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, G‘ozg‘on shahrida 9,5 ming nafar, Tomdi tumanida 15,3 ming nafar, Shirin shahrida 19,4 ming nafar aholi yashaydi.
Shuningdek, Qorovulbozor tumanida 20,7 ming, Bo‘zatov tumanida 21,8 ming, Yangiobod tumanida 30,6 ming, Mo‘ynoq tumanida 34,1 ming nafar aholi istiqomat qiladi.
Konimex tumanida doimiy aholi soni 36,8 ming nafar, Taxtako‘pir tumanida 38,9 ming nafar, Uchquduq tumanida esa...