UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Onix, Tracker va Damas avtomobillarini foizsiz bo‘lib to‘lash shartlarini yaxshiladi. Bu haqda Autostrada nashri xabar bermoqda.
Onix va Tracker xaridorlari avtomobil qiymatining 30 foizini to‘lab, qolgan summani 40 oyda, 40 foizini to‘lab 49 oyda yoki 50 foizini to‘lab 62 oyda to‘lashi mumkin. Damas uchun esa boshlang‘ich to‘lovning 25, 30, 40, 50 va 60 foizlik variantlari taklif etilgan. Eng uzoq – 34 oylik muddat avtomobil narxining 60 foizi oldindan to‘langanda taqdim etiladi.
Masalan, 199,9 mln so‘mlik Onix LTZ Turbo AT uchun 30 foizlik boshlang‘ich to‘lov qariyb 60 mln so‘mni tashkil qiladi. Shundan keyin xaridor 40 oy...