Kelgusi uch oyda natija qilmagan bank rahbarlari lavozimidan ketadi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida hudud va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha birinchi yarim yillik tahlili hamda yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Davlat rahbari banklarning mahallalardagi faoliyatidan mutlaqo norozi ekanini bildirib, Markaziy bankning hududiy rahbarlari va davlat banklari filiallari boshliqlari ishini keskin tanqid qildi. Viloyat va tuman banklari hamda mahalla uyushmalari uchun joriy yil sinov va amaliy attestatsiya yili bo‘lishi belgilandi.
Mamlakatdagi 2 mingta eng og‘ir mahallada «Dolzarb 40 kunlik» doirasida ishlar mutlaqo yangi tizim asosida tashkil etilmoqda. Ushbu hududlarda hokim, mahalla raisi va...