Kursiv Uzbekistan 1-iyuldan O‘zbekistonda yuz beradigan o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumotlarni bir joyga jamladi.
O‘zbekistonda pensiya va nafaqalar 7 foizga oshiriladi 1-iyuldan kasallik nafaqasini to‘lash tartibi o‘zgaradi Yagona milliy QR-kod tizimida komissiya 0,65 foiz etib belgilandi Elektr va gazni o‘chirish hisobidan tejashga yo‘l qo‘yilmaydi «Yagona davlat nazorati» mobil ilovasi ishga tushiriladiYangiliklar
Yeri olib qo‘yilgan fermerlar, Toshkentdagi kvartira narxlari – 30-iyun kuni e’lon qilingan yangiliklar Kursiv Uzbekistan dayjestida.
Aholini ro‘yxatga olish dastlabki natijalari e’lon qilindi: mamlakat aholisi 39 mlndan oshdi
Toshkentda 2026-yilda o‘tkazilgan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining dastlabki natijalarini e’lon qilishga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda Kursiv Uzbekistan muxbiri.
Taqdimotda e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yilgi aholini ro‘yxatga olish natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi aholisi 39 047 321 nafarni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich mamlakatning demografik holati, hududlar rivoji, ijtimoiy infratuzilma va iqtisodiy rejalashtirish uchun muhim statistik asos bo‘lib xizmat qiladi.
Aholini ro‘yxatga olish: umumiy xarajatlar...
1-iyul kuni havo, asosan, quruq va o‘zgaruvchan bo‘ladi. Faqat ayrim hududlarda, xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent viloyati, Farg‘ona vodiysi hamda tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Kechasi havo harorati +12…+25 daraja, kunduzi esa +24…+37 daraja bo‘lishi kutilmoqda.
Quyida ob-havo prognozi viloyatlar kesimida:
Andijon viloyatida 252 gramm, qiymati qariyb 400 mln so‘mlik oltin buyumlarni telefon ichiga va til ostiga yashirib olib o‘tishga uringan uch nafar fuqaro aniqlandi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi ma’lum qildi.
Viloyatdagi «Do‘stlik» chegara bojxona posti orqali qo‘shni davlatdan kirib kelgan ikki nafar fuqaro bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, ular 228 gramm og‘irlikdagi zargarlik buyumlarini uyali aloqa vositalari ichiga yashirgan holda olib o‘tishga uringani ma’lum bo‘ldi.
Mazkur post orqali harakatlangan yana bir fuqaro esa 24 gramm og‘irlikdagi quyma oltin bo‘lagini og‘iz bo‘shlig‘iga, til ostiga yashirib, go‘yoki konfet shimayotgandek bojxona nazoratidan o‘tishni rejalashtirgan. Biroq bojxona xodimlari ushbu urinishni ham o‘z vaqtida aniqlab...
O‘zbekistonda paxta-to‘qimachilik klasterlari va soha korxonalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi subsidiya hamda soliq imtiyozlari joriy etiladi. Bu haqda 29-iyundagi prezident qarorida (PQ-246-son) belgilandi.
Gektariga 3 mln so‘mdan subsidiya
Qarorga ko‘ra, 2025-yilda o‘ziga biriktirilgan maydonlarda paxta yetishtirgan paxta-to‘qimachilik klasterlari va ularning ta’sischisi bo‘lgan korxonalar har bir gektar yer uchun 3 mln so‘mdan subsidiya oladi. Bunda paxta Qishloq xo‘jaligi vazirligi belgilagan hududlarda ekilgani «O‘zbekkosmos» tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Bo‘yalgan mato loyihalari va QQS bo‘yicha yengillik
Shuningdek, 2026-yil 1-iyungacha amalga oshirilgan bo‘yalgan mato hamda aralash gazlama ishlab chiqarish loyihalarida bo‘yash uskunalarini xarid qilish xarajatlarini qoplash uchun qo‘shimcha subsidiya ajratiladi.
Bundan...
UBTech kompaniyasi Uworld U1 seriyasiga mansub to‘liq o‘lchamli gumanoid robotlar savdosini boshladi. Bu haqda ITHome nashri ma’lum qildi.
Robotlar uy sharoitida hamroh sifatida foydalanish uchun ishlab chiqilgan. Seriya uchta modeldan iborat: U1 Lite $17,6 ming, U1 Pro $25 ming, U1 Ultra esa erkaklar versiyasi uchun $145,8 ming va ayollar versiyasi uchun $129,6 ming etib belgilangan.
Inson harakatlariga yaqin imkoniyatlar
Erkaklar uchun mo‘ljallangan robotning bo‘yi 183 sm, vazni 42 kg, ayollar versiyasining bo‘yi esa 168 sm, vazni 35,2 kgni tashkil etadi. Har bir robot 88 ta harakatlanuvchi bo‘g‘im bilan jihozlangan bo‘lib, insonning tabiiy harakatlarini takrorlay oladi. Shuningdek, unda...
BMT Ebola virusining Bundibugyo shtammi tarqalishi oqibatida Afrika iqtisodiyoti $3,6 mlrdgacha zarar ko‘rishi va yuz minglab ish o‘rinlari yo‘qolishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
Kasallanish va vafot etganlar soni
Kongo Demokratik Respublikasi hukumati ma’lumotiga ko‘ra, 15-may kuni e’lon qilingan epidemiya boshlanganidan buyon Bundibugyo shtammi bilan 1 307 kishi kasallangan, 377 kishi vafot etgan. Ushbu shtammga qarshi hozircha sinovdan o‘tgan vaksina yoki davolash usuli mavjud emas.
Shuningdek, Ugandada ham kam sonli kasallanish holatlari qayd etilgan. Mutaxassislar virus Janubiy Sudan kabi qo‘shni davlatlarga ham tarqalishi mumkinligini istisno qilmayapti.
BMT ehtimoliy ssenariylarni e’lon qildi
BMT...
OnePlus uzoq ishlash muddati va tezkor quvvatlash imkoniyatlariga ega yangi budjet smartfoni OnePlus N6’ni rasman taqdim etdi. Bu haqda GSM Arena nashri ma’lum qildi.
Batareya va quvvatlash texnologiyalari
Smartfon 8000 mA/soat sig‘imli batareya bilan jihozlangan bo‘lib, 45 Vt quvvatdagi SuperVOOC tezkor quvvatlash va 5 Vt quvvatli simli teskari quvvatlash funksiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Qurilmada bypass charging texnologiyasi ham mavjud. Ushbu rejimda elektr quvvati batareyani chetlab o‘tib, bevosita anakartga uzatiladi. Bu esa o‘yinlar va boshqa yuqori yuklama talab qiladigan vazifalar vaqtida smartfonning qizishini kamaytirishga yordam beradi.
Batareyaning xizmat muddati
Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, batareya 1 600 martadan ortiq quvvatlash sikliga...
Rossiya Federatsiyasiga ishlash yoki ta’lim olish maqsadida borayotgan O‘zbekiston fuqarolariga safardan oldin RuID mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tish tavsiya etiladi. Migratsiya agentligi bu bo‘yicha qo‘llanma e’lon qildi.
1-qadam. RuID ilovasini o‘rnating
Mobil telefoningizga RuID ilovasini yuklab oling va ishga tushiring.
2-qadam. Shaxsiy ma’lumotlarni kiriting
Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida pasport ma’lumotlari va boshqa talab etilgan shaxsiy ma’lumotlarni to‘ldiring.
3-qadam. Safar maqsadini tanlang
Rossiyaga borish sababini (mehnat faoliyati, ta’lim yoki boshqa maqsad) ko‘rsating.
4-qadam. Biometrik tasdiqlashdan o‘ting
Ilovadagi biometrik identifikatsiya bosqichlarini to‘liq yakunlang.
5-qadam. QR-kodni saqlab qo‘ying
Ariza tasdiqlangach, sizga QR-kod beriladi. Uni telefoningizda saqlang yoki chop eting.
O‘zbekistonda amaldagi qonunchilik talabalarga o‘qish bilan bir qatorda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish imkonini beradi. Bu haqda Bandlik vazirligi eslatma berdi.
Ish beruvchilarga qanday majburiyat yuklangan
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 383-moddasiga ko‘ra, ish beruvchi ta’lim olayotgan xodimlarga ishni o‘qish bilan birga olib borishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi shart. Bu norma talabalarning mehnat faoliyatini ta’lim jarayoniga mos ravishda tashkil etishni nazarda tutadi.
Pedagogika yo‘nalishi talabalari uchun alohida tartib
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 275-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, pedagogika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar 3-kursdan boshlab o‘qishga xalaqit bermagan holda umumta’lim maktablariga asosiy ish joyi sifatida ishga qabul qilinishi...
Meta Brain2Qwerty v2 nomli inson miya signallarini tashqi qurilmalar yordamida matnga aylantira oladigan yangi tizimni ishlab chiqdi. Bu haqda Digital Trends nashri ma’lum qildi.
Ushbu tizim jarrohlik implantlarsiz, ya’ni miyaga chip o‘rnatmasdan turib, miya faolligi signallarini to‘liq jumlalarga aylantira oladi. Loyihaning asosiy maqsadi sog‘lig‘i sababli gapira olmay qolgan insonlarga muloqot qilish imkonini qayta tiklashdir.
Tizim ishlashida foydalanuvchilar Magnetoencephalography (MEG) skaneri yordamida kuzatiladi. Bu qurilma miya tomonidan hosil qilinadigan juda zaif magnit signallarni o‘lchaydi. Ishtirokchilar klaviaturada yozayotgan paytda, SI ularning miya signallarini tahlil etib, yozilishi kerak bo‘lgan matnni taxmin qiladi.
Yangi Brain2Qwerty v2 avvalgi versiyadan farqli ravishda alohida harflarni...
Xiaomi Xitoy bozorida yangi Redmi K90 Ultra smartfonini rasman taqdim etdi. Bu haqda ITHome nashri xabar berdi.
Qurilma 16/256 GB xotirali asosiy talqinda 2 799 yuan (taxminan $410) narxda sotuvga chiqdi. Shuningdek, 12/512 GB va 16/512 GB xotirali versiyalari mos ravishda 3 299 va 3 499 yuan etib belgilangan.
165 Gs ekran va faol sovitish tizimi
Smartfon 6,83 dyuymli OLED displey bilan jihozlangan. Ekran 1,5K aniqlik, 165 Gs yangilanish chastotasi va 3500 nitgacha maksimal yorqinlikni qo‘llab-quvvatlaydi. Alyuminiy korpusli qurilma Qualcomm’ning Snapdragon 8 Elite protsessoriga hamda D2 grafik chipiga ega.
O‘yinlar vaqtida yuqori unumdorlikni ta’minlash uchun katta bug‘ kamerasi...
Uy-joy xaridini qo‘llab-quvvatlash va ipoteka tizimini takomillashtirish maqsadida O‘zbekistonda yangi jamg‘arma mexanizmi amaliyotga joriy etildi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qildi.
Prezident farmoni ijrosini ta’minlash doirasida vazirlik hamda Markaziy bank tomonidan «Maqsadli ipoteka omonati»ni joriy etish bo‘yicha tajriba-sinov loyihasi ishlab chiqildi va u 2026-yil 1-iyuldan boshlab amaliyotga kiritildi.
Omonat shakllantirish tartibi
Yangi tizimga ko‘ra, ipoteka krediti bo‘yicha subsidiya olish uchun ijobiy xabarnomaga ega fuqarolar tijorat banklarida jamg‘arma hisobvarag‘i ochib, 12 oydan oshmagan muddatda ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badalning o‘z ulushiga teng yoki undan kam bo‘lmagan mablag‘ni jamg‘aradi. Ushbu mablag‘lar ipoteka dasturi doirasida belgilangan kredit miqdoridan...
Raqobat qo‘mitasi tomonidan 2023 – 2025-yillar davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari hamda Taxiatosh tumani tibbiyot birlashmasini o‘z ichiga olgan 8 ta tibbiyot muassasasida pullik tibbiy xizmatlar narxlarining shakllantirilishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
Tahlillar natijasida ayrim tibbiyot muassasalari xizmatlar narxini belgilashda amaldagi qonunchilik talablariga rioya qilmagani aniqlandi. Xususan, narxlarni hisoblashda tushumlarning 2 foizini rag‘batlantirish jamg‘armasiga ajratish, amortizatsiya xarajatlarini qo‘shish, rentabellikning maksimal darajasini qo‘llash, xronometraj me’yorlarini belgilangan tartibda tasdiqlamaslik hamda ayrim soliq xarajatlarini hisob-kitoblarga kiritish holatlari qayd etilgan.
Mazkur qonunbuzilishlar tufayli fuqarolardan tibbiy xizmatlar uchun ortiqcha haq undirilgani aniqlanib, 6 ta tibbiyot muassasasiga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.
Qo‘mita qaroriga ko‘ra, 127 mingdan...
WhatsApp platformasi telefon raqamini oshkor qilmasdan muloqot qilish imkonini beruvchi yangi username funksiyasini ishga tushirmoqda. Bu haqda Tech Crunch nashri ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, akkaunt yaratish uchun baribir telefon raqami talab etiladi. Kompaniya bu funksiyani bir necha yildan beri ishlab chiqib kelgan va endi uning ishlash tartibini rasman ma’lum qildi.
Yangi qoidaga ko‘ra, foydalanuvchilar 3 dan 35 tagacha belgidan iborat username tanlashi mumkin bo‘ladi. Dastlab ayrim mashhur shaxslar, VIP foydalanuvchilar va tashkilotlar uchun maxsus nomlar band qilinadi. Shuningdek, foydalanuvchilar o‘zlarining Facebook va Instagram hisoblaridagi username bilan mos nomni WhatsAppda ham olish imkoniga ega bo‘ladi.
Username’lar takrorlanmasligi uchun oldindan...
Markaziy bank joriy yilning birinchi choragida «sirli mijoz» usulidagi tekshiruvlar orqali 14 ta bankka jami 681,5 mln so‘m jarima qo‘lladi.
Tekshiruvlarda banklar iste’molchilar bilan ishlashda oshkoralik, shaffoflik hamda ma’lumotlarning to‘liq va to‘g‘ri berilishi bo‘yicha ayrim qonunchilik talablariga rioya qilmagani aniqlangan.
«Agrobank» va «SQB»ga ham jarima belgilandi
Markaziy bank xabariga ko‘ra, 14 ta bankka qo‘llangan jarimalar ichida «Agrobank»ka nisbatan 255 mln so‘m, «O‘zsanoatqurilishbank»ka nisbatan esa 119,5 mln so‘m jarima belgilangan.
Qolgan banklarga nisbatan ham aniqlangan holatlarga qarab moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilgan.
«Uzum bank» va ikki mikromoliya tashkiloti tekshirildi
Bundan tashqari, joriy yilning birinchi choragida Shaffof-moliya va Tezcoin mikromoliya tashkilotlari...
Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi umumta’lim maktablarida 12 yillik ta’lim tizimiga o‘tish va o‘quv jarayonini yangi tartibda tashkil etish bo‘yicha qarorni qabul qildi. Bu haqda 24KG nashri xabar berdi.
Qarorga ko‘ra, yangi model 6+3+3 tamoyili asosida tashkil etiladi. Boshlang‘ich ta’lim 6 yil, asosiy bosqich 3 yil va yuqori bosqich 3 yil davom etadi. Ilgari amalda bo‘lgan tizim esa 4+5+2 ko‘rinishida edi.
Shuningdek, o‘quv yilining davomiyligi qayta ko‘rib chiqildi. Birinchi – uchinchi ta’lim bosqichlari uchun o‘quv yili kamida 34 o‘quv haftasini tashkil etadi (davlat yakuniy attestatsiyasiz). Birinchi sinflar uchun bu muddat 32 hafta, ikkinchi sinflar uchun esa 33 haftadan iborat bo‘ladi.
Qozog‘iston shaxmat federatsiyasi prezidenti Timur Turlov Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) vitse-prezidenti lavozimiga o‘z nomzodini ilgari surganini ma’lum qildi. Bu haqda Telegram kanalida yozib qoldirdi.
Uning aytishicha, amaldagi FIDE prezidenti Arkadiy Dvorkovich bilan birgalikda 26 – 27-sentabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan FIDE saylovida ishtirok etadi. Mazkur sanalarda shaharda Shaxmat olimpiadasi ham o‘tkaziladi.
Turlov so‘nggi yillarda shaxmat uning hayotidagi eng muhim loyihalardan biriga aylanganini, bu yo‘nalishga katta mablag‘, vaqt va kuch sarflaganini ta’kidladi. Uning fikricha, Qozog‘iston shaxmat federatsiyasida qo‘llanilgan boshqaruv modeli o‘z samarasini bergan va uni xalqaro miqyosda ham tatbiq etish mumkin.
«Agar saylovda g‘alaba qozonsam, FIDE...
O‘zbekistonda har yili milliy qadriyatlar va tarixni targ‘ib qiluvchi kamida 20 ta kompyuter hamda mobil o‘yinlar yaratishga davlat buyurtmasi beriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
«Al-Xorazmiy vorislari» loyihasi
Prezidentning ta’kidlashicha, ikki yil avval Xorazm viloyatida yo‘lga qo‘yilgan «Al-Xorazmiy vorislari» loyihasi doirasida 4 mingdan ortiq iqtidorli o‘quvchi xorijiy tillar va axborot texnologiyalariga o‘qitilgan.
Endilikda mazkur loyiha joriy yildan barcha viloyat markazlari hamda Qoraqalpog‘istonning barcha tumanlarida yo‘lga qo‘yiladi. Keyingi yillarda esa u mamlakatning barcha tuman va shaharlarini qamrab olib, 50 ming nafar yoshni o‘qitish rejalashtirilgan.
Milliy ruhdagi kompyuter o‘yinlari
Prezident yoshlarning asosiy qismi vaqtini...
Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuvda xorijda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik yoshlarni mamlakatdagi ish beruvchilar bilan bog‘lashga qaratilgan yangi raqamli platforma yaratilishini e’lon qildi.
Xorijda tahsil olayotgan yoshlar uchun yangi platforma yaratiladi
Prezidentning ma’lum qilishicha, hozirda 14 ming nafardan ortiq o‘zbekistonlik yigit-qizlar AQSh, Yevropa, Yaponiya, Xitoy va Janubiy Koreyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olmoqda. Endilikda ularning ta’til davrida vazirliklar, hokimliklar, davlat va xususiy kompaniyalarda amaliyot hamda stajirovka o‘tashi uchun sharoit yaratiladi.
Shu maqsadda bir oy ichida ish beruvchilar va xorijda o‘qiyotgan talabalarni o‘zaro bog‘laydigan raqamli muloqot platformasi ishga tushiriladi. Ushbu platforma yosh mutaxassislar va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni...
Shavkat Mirziyoyev axborot texnologiyalari va SI yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash, infratuzilmani kengaytirish hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi stipendiya va dasturlar ishga tushirilishini ma’lum qildi.
Sun’iy intellekt infratuzilmasi kengaytiriladi
Prezidentning ma’lum qilishicha, «Raqamli hukumat» markazida birinchi superkompyuter klasteri ishga tushirilgan bo‘lib, kelgusi yilda uning quvvati uch barobar oshiriladi. Joriy yilning o‘zida 20 ta OTMda sun’iy intellekt laboratoriyalari tashkil qilinadi.
Qayd etilishicha, yoshlar tarmoq va hududlardagi muammolarga sun’iy intellekt asosida yechim ishlab chiqishda superkompyuter klasteri va laboratoriyalar imkoniyatlaridan bepul foydalanishi mumkin bo‘ladi.
Yangi AT parklarida 20 mingdan ortiq ish o‘rni yaratiladi
Prezident so‘nggi yillarda Toshkent, Nukus, Qarshi, Termiz, Urganch...
Yoshlar tadbirkorligi jamg‘armasi yuqori daromad keltirishi va ko‘plab ish o‘rinlari yaratishi kutilayotgan loyihalarga 5 mlrd so‘mgacha investitsiya kiritadi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Yosh tadbirkorlar uchun yangi qo‘llab-quvvatlash tizimi yaratiladi
Prezidentning ta’kidlashicha, bugungi kunda yillik aylanmasi 500 mlrd so‘mdan oshgan yosh tadbirkorlar soni 15 nafarga, 100 mlrd so‘mdan oshganlari 194 nafarga, 50 mlrd so‘mlik marrani bosib o‘tganlari esa 68 nafarga yetgan.
Endilikda yoshlarni muvaffaqiyatli biznes sari yetaklaydigan yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi. Bank-moliya akademiyasi yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha «aql markazi» etib belgilanadi. Akademiya tinglovchilari hududlarda yoshlar va tadbirkorlar bilan uchrashib, tayyor biznes loyihalarini shakllantiradi.
1-iyul uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 51,57 so‘mga tushib, 12 09,27 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi
24-iyun kuni 26,78 so‘mga oshib, 12 017,04 so‘mni, 25-iyun kuni 7,36 so‘mga oshib, 12 024,40 so‘mni, 26-iyun kuni esa 10,88 so‘mga tushib, 12 013,52 so‘mni tashkil etdi. 29-iyun kuni 4,23 so‘mga tushib, 12 009,29 so‘mga, 30-iyun kuni esa 51,55 so‘mga oshib, 12 060,84 so‘mga tenglashdi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 66,01 so‘mga tushib, 13 88,17 so‘mni, rubl esa 1,25 so‘mga tushib, 153,75 so‘mni tashkil qildi.
Avvalroq Kursiv...
O‘zbekistonda OTM bitiruvchilarini ishga olgan tadbirkorlar bir yil davomida daromad va ijtimoiy soliqni 1 foiz stavkada to‘laydi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuvda shu va shu kabi qator imtiyozlarni sanab o‘tdi.
Oliygoh bitiruvchilarini ishga olgan tadbirkorlarga soliq imtiyozi beriladi
Prezidentning ma’lum qilishicha, oliygoh bitiruvchisini ishga qabul qilgan tadbirkorlar uchun ushbu yosh mutaxassisga nisbatan daromad va ijtimoiy soliq stavkasi bir yil davomida 1 foiz etib belgilanadi. Mazkur imtiyoz qariyb 200 ming nafar oliygoh bitiruvchisini ishga oladigan tadbirkorlar uchun muhim rag‘bat bo‘lishi kutilmoqda.
Shuningdek, hozirda ijtimoiy reyestrga kirmagan, biroq ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, harbiy xizmatni o‘tab qaytgan, mehnat...