2026/2027-o‘quv yilidan boshlab bakalavriatni xorijiy tilda tamomlagan bitiruvchilar magistraturaga hujjat topshirishda xorijiy til sertifikatini taqdim qilishdan ozod etiladi. Bu tartib ta’lim tili xorijiy til bo‘lgan yo‘nalishlarda o‘qigan bakalavrlarga nisbatan qo‘llaniladi.
Yangi tartibga ko‘ra, bakalavriat ta’lim dasturini xorijiy tillardan birida tamomlagan bitiruvchilardan magistraturaga hujjat topshirishda milliy yoki xalqaro til sertifikati talab qilinmaydi.
Bunda bitiruvchi bakalavriat bosqichida ta’limni xorijiy tilda olgan bo‘lishi kerak.
Qaysi holatlarda sertifikat talab qilinmaydi
Mazkur tartib bakalavriat ta’lim dasturini milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxatida qayd etilgan 16 ta xorijiy tildan birida tamomlagan bitiruvchilarga tatbiq etiladi.
Shuningdek, abituriyent bakalavriatga qabul qilingan yildagi tasdiqlangan qabul...