Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida do‘l yog‘ishining oldini olish uchun 18 dona «Alazan-6» do‘lga qarshi mahsulot qo‘llandi. «O‘zgidromet»ga ko‘ra, ishlar 23-iyul kuni soat 12:29 dan 12:34 gacha olib borilgan.
Do‘lli bulut Qirg‘iziston tomondan kirib kelgan
Ma’lumotga ko‘ra, 2026-yil 23-iyul kuni Yangiqo‘rg‘on tumaniga qo‘shni Qirg‘iziston hududining shimoli-g‘arbiy qismidan konvektiv do‘lli bulut kirib kelgan.
Shu sabab qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini do‘lning salbiy ta’siridan himoya qilish maqsadida maxsus ta’sir ko‘rsatish ishlari o‘tkazilgan.
Ishlar besh daqiqa davom etgan
Yangiqo‘rg‘on GJTK BMS tomonidan do‘l jarayonli bulutlarga ta’sir ko‘rsatish ishlari soat 12:29 dan 12:34 gacha davom etgan.
Bu vaqt oralig‘ida jami 18 dona «Alazan-6» do‘lga...