Qariyb ikki yil davom etgan rekonstruksiya ishlaridan so‘ng O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi yana tashrifchilarni qabul qilishni boshlaydi. Fanlar akademiyasi ma’lum qilishicha, ochilish marosimi 24-iyul kuni soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi.
Muzey 150 yillik yubiley arafasida
O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi 1876-yilda tashkil etilgan. Bu yil muzey o‘zining 150 yillik yubileyini nishonlash arafasida turibdi.
Muzey O‘zbekiston tarixini keng va ko‘p qirrali yorituvchi yurtimizdagi yagona muzeylardan biri hisoblanadi.
Muzey fondida 350 mingdan ortiq tarixiy buyumlar bor
O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi xazinasida 350 mingdan ziyod tarixiy buyumlar saqlanadi.
Shu bois muzey nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyodagi eng boy madaniy maskanlardan biri...